Shaxmat o’yinining qismlarga bo’linishi
Shaxmat, shohmot (fors. shohmot - shoh o‘ddi) - sport turi. O‘yindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da o‘ynaladi. Shaxmatda musobaqa paytida ma’lum sondagi yurishlar qilinishi uchun vaqt (dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat va h.k.) va o‘yin tugamasa qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Tezkor shaxmatda o‘yinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqida har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga o‘yiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu o‘yin “shatranj” nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat o‘yinlari matniga oid qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy “Shatranj kitobi”da 819 yilda Xurosonda o‘tkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda g‘olib chiqqan o‘rtaosiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy ko‘plab shaxmat voqealariga qahramon bo‘lib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat qoidalariga o‘zgarishlar kiritildi. 1512 yilda Rimda Damianoning “Bu kitob shaxmat o‘ynashni o‘rgatadi” to‘plami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575 yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSh), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya— Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu o‘yinning rivojiga katta hissa qo‘shishdi. 1851 yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen g‘alaba qozondi. 1886 yildan shaxsiy jahon chempionati o‘tkazilishi shahrini yanada ommalashtirdi. 1924 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987 yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat bo‘yicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000 yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Kramnik g‘alaba qozondi va jahon chempioni, deb e’lon qilindi. FIDE shahridagi bo‘linishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
O‘zbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1-2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da o‘tkazilgan tadqiqotlar chog‘ida 7-8-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu o‘yinning rivojlanishida O‘rta Osiyo xalqlari muhim rol o‘ynagan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Alisher Navoiyning “Majolis un nafois”, “Lison uttayr”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda to‘planishgan. Tabrizlik Ali ash Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga o‘zining va 14-asrgacha O‘rta Osiyoda yashagan ko‘plab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning o‘zi bilan ham shatranj o‘ynab turgan.
20-asrning 20-yillaridan O‘zbekistonda shahmatning zamonaviy qoidalari keng targ‘ib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Ko‘qon va boshqa shaharlarda shaxmat to‘garaklari ochildi. Azmiddin Xo‘jayev, Sergey Freyman, Po‘lat Saidxonov, Zokir Xo‘jayev kabilar shahmatni targ‘ib etishda jonkuyarlik ko‘rsatishdi. 1930 yildan erkaklar, 1935 yildan ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng ko‘p - 8 martadan chempion bo‘lishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning O‘zbekistonga kelib, ma’ruzalar o‘qishi, bir yo‘la o‘yin (seans)lar o‘tkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali ta’sir etdi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulug‘bek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar o‘tkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, O‘zbekiston televideniyesida shaxmat ko‘rsatuvi ochildi, shahmatga oid kitoblarni nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda g‘olib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy A’zamov esa O‘zbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster bo‘ldi (1984).
20-asrning 90-yillaridan O‘zbekiston shaxmatida yuksalish boshlandi. Erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov o‘smirlar o‘rtasida jahon birinchiligida g‘olib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) bo‘ldi.
FIDE tasnifi bo‘yicha jahon chempionlari V. Steynits, Ye. Lasker, X.R. Kapablanka, A. Alyoxin, M. Eyve, M. Botvinnik, V. Smislov, M. Tal, T. Petrosyan, B. Spasskiy, R. Fisher, A. Karpov, G. Kasparov, A. Xalifman, V. Anand, R. Ponomaryov, R. Qosimjonov nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatgani uchun FIDE quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yo‘ldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar o‘rtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. Shaxmat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari dasturiga kiritilgan. O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shahriga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shaxmat klublari va to‘garaklarida 268 murabbiy faoliyat ko‘rsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shug‘ullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega (2003).
Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:
Shoh — 1 dona
Farzin — 1 dona
Rux — 2 dona
Fil — 2 dona
Ot — 2 dona
Piyoda — 8 dona
Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 minutdan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Hozirgi ko‘rinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.
Bugungi kunda shaxmat eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo bo‘ylab millionlab kishilar bu o‘yinni o‘ynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham ko‘riladi.
Tarixi[tahrir]
Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512 yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575 yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.
1851 yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886 yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987 yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000 yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
Shaxmat Oʻzbekistonda[tahrir]
Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1—2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida 7—8-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al-Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish shashxolning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ash-Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va 14-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. Amir Temurning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.
20-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar shaharlarda shaxmat toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shaxmatni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930 yildan erkaklar, 1935 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali taʼsir etdi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat-shashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).
1992 yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999 yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998 yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998 yilda Osiyoning birinchi, 2004 yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi.
Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. Shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega[1].
V. Steynits 1886 — 1894
E. Lasker 1894 — 1921
X.R. Kapablanka 1921 1927
A. Alyoxin 1927 — 1935, 1937 — 1944
M. Eyve 1935 1937
M. Botvinnik — 1948 — 1957, 1958—1960, 1961—1963
V. Smislov — 1957 — 1958
M. Tal 1960 1961
T. Petrosyan — 1963 — 1969
B. Spasskiy — 1969 — 1972
R. Fisher 1972 1975
A. Karpov 1975 1985, 1993 1999
G. Kasparov — 1985 — 1993
A. Xalifman — 1999 — 2001
V. Anand — 2001 — 2002
R. Ponomaryov — 2002 — 2004
R. Qosimjonov — 2004
Dostları ilə paylaş: |