Xususiylashtirish jaryonining ikkinchi bosqichida qimmatbaho bozorining shakllanishi va rivojlanishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. “Hissadorlik jamiyatlar va xissadorlar huquqini himoyalash to’g’risida”, “Qimmatbaho qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida” [26].
Ko’p ukladli iqtisod mazmunan demokratik bo’lib, bozor munosabatlari tabiatiga mos tushadi. Bunday iqtisodga turli mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining mavjudligi, monopolizmga yo’l bermaslik, bozorda raqobatchilikning bo’lishi xosdir. Bu iqtisod iqtisodiy liberalizm (erkinlik) tamoyiliga asoslana boshladi. Korxonalar, xo’jaliklar va tashkilotlar o’rtasidagi rejali alohalar o’rniga bozor aloqalari qaror topdi, bozordagi talab va taklifga qarab ishlab chiqarishyuzaga keldi. Boshqaruv tizimi tubdan isloh etilib Prezident aytganidek, “Ma’muri-buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijroiya organlari tugatildi”2.
Kishilar iqtisodiy mavqeining o’zgarishi ularda bozor tizimiga xos fikrlashni yuzaga keltirdi. Kishilardagi boqimandalik kayfiyati chekinib, uning o’rniga ishbilarmonlik, harakat qilib pul topishga intilish kela boshladi. Bu kishilarning iqtisodiy xatti-harakatdagi o’zgarishi bo’lib, iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta’sir etadi. Kishilarda yuzaga kelgan iqtisodiy faollik bozor munosabatlariga o’tishning muqarrarligidan, islohotlardan orqaga chekinish mumkin emasligidan dalolat beradi. O’zbekistonda boshlangan davlat qurilishi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tub burilish, jamiyatini atroflicha yangilash jarayoni ko’p jihatdan aynan mulkdorlar sinfining shakllanishi bilan chambarchas bog’liq ekanligiga endilikda hech qanday shak-shubha yo’q.
Mamlakatda bu masalani ijobiy hal etishda uch asosiy yo’l bilan yondoshilayapti:
1. Ilgari tanho mulkdor-sho’ro davlati qo’lida jamlangan benihoya ulkan boylik-mulk xususiylashtirilayapti, ya’ni o’zining haqiqiy yaratuvchilari va egalari bo’lmish mehnat jamoalari va fuqarolariga qaytarilayapti, chunonchi kim oshdi savdolarida sotilayapti;