28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va
Mulkchilik munosabatlari haqida to’xtalar ekanmiz-mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish mulkdorlar sinfini vujudga keltirish va shakllantirishning muhim yo’nalishidan biri ekanligini alohida qayd etishimiz lozim.
Qishloq xo’jaligida davlat tasarrufidan chiqarishva xusuiylashtirish oqibatida tadbirkorlik tuzilmalarining mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishga oid vakolatlarining doirasi yanada kengayadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan “Er kodeksi to’g’risida”gi, “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi va “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qishloq xo’jaligida mulkdorlarni rivojlantirishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. CHinakam mulkdorlar sinfi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni izchil amalga oshirish hisobiga yaratiladi4.
Ushbu qonunlarning qabul qilinishi natijasida Respublikada xusuiylashtirilgan mustaqil xo’jalik yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan “Fermer xo’jalik”lari, oilaviy mayda tovar ishlab chiqarishga asoslangan “Dehqon xo’jaliklari” paydo bo’ldi. Jamoa xo’jaliklari qishloq xo’jaligi kooperativiga (shirkat xo’jaligiga) aylantirildi. Ularda mehnatni tashkil etish, asosan pay, oilaviy pudrat asosida tashkil etildi. Ularga yerlar Uzoq yillarga yoki bir umrga ijaraga berildi.
Xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama xarakterga ega bir tomondan u aholining bo’sh turgan manbalarini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytirmoqda, ayni chog’da yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat yuzaga keltirish uchun sharoitini yuzaga keltirmoqda. Ayni chog’da bu jarayon aholining daromadlarini xususiylashtirilgan korxonalarning samarali faoliyati hisobiga ko’paytirmoqda.
Hozirgi zamon ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsada, qat’iy xulosa sifatida aytish mumkinki, xususiylashtirish jarayoni keng ko’lamda endigina avj ola boshladi. Uning yanada chuqurlashuvi iqtisodiy isloh qilishining navbatdagi bosqichlarida g’oyat muhim yo’nalish bo’lib xizmat qilishi kerak.