28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va
Jamiyat hayotidagi tub ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar o’zining mohiyati va mazmuniga ko’ra yangi jamiyat tabiatiga javob beradigan hamda bozor munosabatlariga o’tish jarayonlariga faol ta’sir ko’rsatadigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar tizimini shakllantirish zaruriyatini tug’dirdi.
Iqtisodiy islohotlarning barcha yo’nalishlaridagi kabi mulkchilik huquqi isloh qilinib, kafolatlanganligidan keyingina mamlakatdagi ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulklar haqiqiy egalari qo’liga o’tishi va erkin tadbirkorlikni rivojlantirish uchun asos bo’lishi mumkin edi.
O’zbekiston RespublikasiBirinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib, bunday xo’jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Bozor munosabatlarining butun mexanizmi davlat tomonidan qo’rsatiladigan va qonun bilan mustahkamlanadigan bozor shart-sharoitlari doirasidagina amalga oshiriladi. Qonunlar hayotiy amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan kelib chiqmog’i kerak5.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillardan biri bozor iqtisodining huquqiy negizini yaratishdan iboratidir. Avval boshdanoq biz o’zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik—zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar qilmasdan turib, islohotlarni ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi.
Mustahkam huquqiy negiz bo’lgandagina o’zini oqlamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga esa bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin. Hozirgi mutlaqo yangi siyosiy-iqtisodiy va huquqqiy munosabatlarni aks ettiruvchi yangi qonunlar majmuigina biz barpo etayotgan yosh ijtimoiy binoga barqarorlik, demokratik xarakter baxsh etuvchi omil bo’lib xizmat qiladi6.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanar ekan, mulkchilik masalalariga juda katta e’tibor qaratildi. Asta-sekin mulkchilikning har xil shakllari faoliyat ko’rsata boshladi. SHu sababli ular faoliyatini davom ettirishi, ma’lum bir yo’nalishda ishlashlari uchun ularni huquqiy tartibga solish kerak edi. Respublikada mulkchilik munosabatlari rivojlanib borar ekan., 1990 yilda qabul qilingan “Er to’g’risida”gi, “Mulkchilik to’g’risida”gi va “Ijara to’g’risida”gi mulkchilik munosabatlarining poydevori bo’lgan O’zbekiston Respublikasining qonunlari mulkchilik munosabatlarini huquqiy kafolatlovchi va tartibga soluvchi qonunlar majmui bo’ldi.