28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja


Davlat korxona va xo’jaliklari ochiq yoki yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga, ishchi, xizmatchi va dehqonlar esa aktsiyador (paychi) mulkdorlarga aylantirilayapti



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə11/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

2. Davlat korxona va xo’jaliklari ochiq yoki yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga, ishchi, xizmatchi va dehqonlar esa aktsiyador (paychi) mulkdorlarga aylantirilayapti;

3. Davlat va tijorat banklari, turli jamg’armalardan imtiyozli kreditlar ajratish yo’li bilan xususiy tadbirkorlar kichik va o’rta biznes vakillari, savdogarlar, hunarmandlar, fermerlar, ijarachilar, oilaviy pudratchilar safini kengaytirayapti.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Xususiy mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir”—deb qabul qilindi va “Xususiy mulk huquqini shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir”3 —deb belgilandi. Xususiy mulk kishining shaxsiy mustaqilligiga, shuningdek ma’naviy erkinligining manbai sifatida baho beriladi.

Davlat tasarrufidan chiqarish—davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Mulkiy munosabatlarni tubdan qayta qurish, iqtisodiy erkinlik va raqobat, daromadning cheklanmasligi kabi bozor mexanizmlarining amal qilish natijasida O’zbekistonda tamomila yangi ijtimoiy-sinfiy tuzilma qaror topishi boshlandi. Xususiylashtirishning istiqboli xususida shuni aytishimiz mumkinki, asrimiz oxirgacha mamlakat iqtisodiyotida davlat mulkining ulushi minimal darajaga tushadi, bozor tuzilmalarining shakllanishi asosan tugallanadi. Qishloq xo’jaligida dehqon va fermer xo’jaliklari yetakchi o’rin egallaydi, shunga muvofiq ijtimoiy-sinfiy tuzilmada o’rta va kichik biznes vakillari tijoratchilar, pudratchilar, aktsiyadorlar xizmatchi va ziyolilar o’rtacha va barqaror daromad manbaiga ega bo’lgan mulkdorlar qatlamlarining mavqei mustahkamlanadi.

XXI asr boshida O’zbekistonda erkin aralash iqtisodiyotga asoslangan jamiyat poydevori yaratildi. Bozor tamoyillari to’la quvvat bilan ishlay boshlagach, ishlab chiqarishning yangi rag’batlari negizida mulkdorlar sinfining shakllanishi jadallashadi.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin