28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə8/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi qonunga binoan davlat mulkining barcha ob’ektlari ikki guruhga bo’lindi:
—davlat tasarrufidan chiqarib xususiylashtiriladigan ob’ektlar;

— xususiylashtirish ta’qiqlangan ob’ektlar.

O’zbekiston Respublikasining alohida mulk ob’ektlari—er, yer osti boyliklari, suvlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tarixiy va madaniy yodgorliklar, mamlakatimiz mustahkamligini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi korxonalar va mulkiy jamg’armalar xususiylashtirilmaydi.

Respublikada xussiylashtirish bosqichlari davlat tomonidan “oddiydan murakkab sari” qoidasi bo’yicha belgilandi.

Birinchi bosqichda davlat uy-joy fondlari, savdo, xizmat ko’rsatish, mahalliy, oziq-ovqat, yengil sanoat, avtomobil transporti, qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish tizimining kichik va o’rta korxonalari xususiy mulk qilib berildi. Bu ko’plab respublikamiz fuqarolariga xususiylashtirilgan uy-joy egasi bo’lishga, bir necha o’n minglab kishilarga savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish ob’ektlariga ega bo’lishga imkon berdi. Birinchi bosqich davomida qariyb 54 mingga yaqin ob’ektlar xususiylashtirilib, ularning 95 foizi ilgari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishva xususiylashtirish jarayonida iqtisodiy islohotlarning asosiy tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat tamoyiliga izchillik bilan amal qilindi. Xususan, uy-joy fondlarining aksariyat qismi ramziy narxlarda xususiy mulk qilib sotildi, aholining keng qatlamiga (turli toifadagi nogironlarga, maorif va sog’liqni saqlash xodimlariga, ilmiy muassasalar, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari ilmiy pedagogik xodimlariga) esa tekin taqdim etildi.

Xususiylashtirishning birinchi bosqichi doirasida qishloq aholisiga yer uchastkalarini ajratib berish bo’yicha keng dastur amalga oshirildi. Bu esa qishloq aholisini ijtimoiy himoyalashda muhim rol o’ynadi. Ushbu dastur bo’yicha shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini kengaytirish uchun 550 ming gektardan ziyodroq sug’oriladigan yer ajratib berildi.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin