legal, medical, social, scientific journal
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
Page: 122
O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA TOPONIMLARNING
QO’LLANILISHI
Safarova Olima Mustafoyevna
Buxoro davlat universiteti. Lingvistika: o'zbek tili magistiri
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada “Bahor qaytmaydi” asaridagi joy nomlari
haqida fikr yuritilgan.
KALIT SO'ZLAR: toponimlar, bog', Toshkent, joy, qishloq, shahar.
Joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy
meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida
saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi: “Albatta, har qaysi
xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari,
hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki,
ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim
omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”
Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish
ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir.
Sababi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi har bir yangilik va o‘zgarish kishilarning,
yoshlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib turadi. Bu esa o‘z-o‘zidan nomlarga va
yana ham aniqrog‘i, toponimlar masalasiga qaratish zarur ekanligini eslatib
turadi.
Bu – yoshlarimizni vatanparvar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizga
sadoqat , shuningdek, ilm-fanga ishtiyoq va qiziqish ruhida tarbiyalashda
toponimlarning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun ham
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev “Farzandlarimizni mustaqil
fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam
Dostları ilə paylaş: |