Noyabr 2021 Page: 122 O'tkir hoshimov asarlarida toponimlarning qo’llanilishi


legal, medical, social, scientific journal



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108276
1   2   3   4
122-126

legal, medical, social, scientific journal 
 
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
 
Page: 123 
hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz 
uchun hamisha dolzarb masala”, -deb bekorga aytmagan. 
O'tgan asrning 60-70-yillarida o'zbek adabiyoti juda katta iste’dodlarni qabul 
qildi. Ham nazm, ham nasr, ham publitsistika o'quvchilarni maroqli mutolaaga, 
mushohadaga chorladi. Biz O'tkir Hoshimovni aynan o‘sha avlodning zabardast 
vakili sifatida taniymiz hamda asarlarini zavq bilan qayta-qayta o'qiymiz. O'tkir 
Hoshimovda nafosat tuyg'usi behad kuchli. Uning qahramonlari aksari go'dakday 
beg'ubor, nafosat tuyg'usiga boy, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir. 
“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969-yilda yozilgan. Qissada yozuvchi iste’dodli, 
biroq uning qadriga yetmagan, ulug' maqsadlardan mahrum xudbin yigitning 
tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib bergan. 
Oradan o'tgan 52 yil qisqa muddat bo'lmasa-da, voqealar bugun ham davom 
etyapti. Hayotdagi Alimardon To'rayevlar uchun ushbu asar ko'zgu, hayotiy 
saboq bo'lsa, ajab emas. 
Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha: Asarda ikki do'stning boshidan 
kechirgan kechmishlari yoritib berilgan. Alimardon va Anvar do'st ,ammo 
Alimardonday do'st bo'lganidan bo'lmagani afzal. Anvarning Muqaddam ismli 
sevglisi bo'ladi, uni Alimardon zo'rlaydi va o'z hasmiga oladi. Anvar bo'lsa og'zi 
ochilgancha ularni to'y sadolarini eshitadi. Alimardon qo'shiqchi bo'ladi uning 
ishlari yurishib ketib, mashhur bo'ladi, ammo bu uzoqqa cho'zilmaydi. Mashhur 
vaqtlari Klara ismli ayol bilan tanishadi va u bilan aysh-u ishrat qiladi, buni xotini 
Muqaddam ko'rib qolib, uyiga ketib yuboradi, uyiga ham sig'magan qiz toqqa 
chiqib ketib turmush quradi. Alimardon bu vaqt mashhurlikdan pastga tomon 
harakatlangandi va ichkiliksiz turolmaydigan bo'ldi. Shu vaqtda xotinini 
qayerdaligini bilib qoladi va uni oldiga boradi va o'g'lini ko'radi-yu, ortiga 
qaytadi, shu vaqt tog'dan mashinasi bilan birga avtohalokatga uchraydi. 
O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi"qissasida turli guruhlarga mansub keng 
va tor ma’nodagi joy nomlari qoʻllangan. Keng ma’noda joy nomlari deganda, 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin