28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə9/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

Ma’lumki, har qanday jamiyatda iqtisodiy tanazzul ishsizlar soni ortishi va aholining real daromadlari miqdorining keskin kamayib ketishi bilan birgalikda kechadi. Bu vaziyat tabiiy o’sish darajasi yuqori bo’lgan va aholining aksariyat qismi (60 foizdan ko’proq) qishloqlarda yashaydigan respublikamiz uchun yanada sezilarli bo’lishi kutilgan edi. Ammo respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab amalga oshirilgan yer islohoti, xususiylashtirish jarayoni tez fursatda o’zining ijobiy samarasini berdi. O’tish davrida eng ko’p zarar ko’rishga moyil bo’lgan qishloq aholisi ish bilan ta’min etildi va tomorqa yerlari hisobiga daromadlari miqdorini oshirishga erishdi. Ushbu chora-tadbirlar qishloqda xususiy sektorning mustahkamlanishiga, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada o’sishiga va shaxsiy uy-joy qurish ko’lamining kengayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi 1994-1998 yillarni o’z ichiga olib, bu bosqichning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda yengil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, qurilish va qurilish materiallari, avtomobil transporti va o’zak tarmoqlardan boshqa tarmoqlarning o’rta va yirik korxonalari ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish orqali ommaviy tarzda xususiylashtirildi.

Xususiylashtirishning mazkur bosqichi O’zbekiston Respublikasi BirinchiPrezidentining 1994 yil 15 martagi “O’zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi farmonining e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu farmonga muvofiq “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarishva xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo’yicha Davlat dasturi” qabul qilindi. Xususiylashtirish jarayonida barcha aholining ishtirokini ta’minlash maqsadida 1994 yil yanvar oyidanBirinchi Prezidentimizning maxsus farmoni asosida yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlarni ochiq turdagiga aylantirish. Bularning aktsiyalari davlat, mehnat jamoalari o’rtasida taqsimlandi hamda ochiq savdoga (shu jumladan xorijiy investorlarga) qo’yildi. Aktsiyalarning yarmidan ko’proq qismi tashkil etilgan respublika fond birjasi orqali sotilishi rejalashtirildi.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin