Mazkur kurs ishini bajarish chog’ida quyidagi xulosa va tavsiyalarga keldik:
Birinchidan, ASM samaradorligini oshirishga bevosita xizmat qiluvchi tashkiliy–huquqiy munosabatlar borasida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning xo’jalik –iqtisodiy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining asossiz aralashuviga chek qo’yuvchi, agrar sohaning bozor tamoyillari asosida rivojlanishini ta’minlash maqsadida barcha davlat boshqaruv organlarining vazifalari aniq ifodalab berilgan «ASMni davlat tomonidan tartibga solish asoslari to’g’risida» O’zR.ning Qonunini ishlab chiqishva tez fursatlarda qabul qilish lozim;
qishloq xo’jalik mahsulotlarining davlat ehtiyojlari uchun xaridini tartibga solish, davlat buyurtmasini kontraktatsiya shartnomalari bilan almashtirish, strategik ahamiyatga ega bo’lgan paxta va g’alla uchun to’la erkin narxlarni belgilashni ifoda etuvchi «Davlat xaridlari to’g’risida» O’zR.ning Qonunini ishlab chiqish lozim;
Mahsulot ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishgan fermer xo’jaliklari uchun moddiy-texnik resurslar va mineral o’g’itlar sotib olish, lizing asosida asosiy vositalar xarid qilishni kreditlashning soddalashtirilgan, imtiyozli tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Sohada faoliyat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni traktorlar, tirkamalar, gidromeliorativ texnikalar bilan shu jumladan lizing asosida ta’minlash bo’yicha kompleks davlat dasturini ishlab chiqish, mamlakat hududlari kesimida ishlab chiqarish vositalarining samarali bozorini yo’lga qo’yish;
Fermer xo’jaliklari ehtiyoji uchun qishloq xo’jaligi texnikalarini, shu jumladan, kichik qishloq xo’jaligi texnikalarini lizing asosida sotishni kengaytirish;
Agrofirmalar faoliyatini kengaytirish va ularni yanada rivojlantirish bo’yicha hukumat Qarorlarini ishlab chiqishva qabul qilish.