Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
  1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral


avtomagistral — 5.1. yo’l belgisi bilan belgilangan, har bir yo’nalishning qatnov qismlari ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan (u bo’lmaganda yo’l to’siqlari bilan) hamda boshqa yo’llar, tramvay va temir yo’llari, piyoda va velosiped yo’lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo’l.
avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.
yo’l harakati xavfsizligi — yo’l harakati qatnashchilarining yo’l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo’l harakati holati;
velosiped — kamida ikkita g’ildirakka ega bo’lgan va odatda minib olgan shaxs(lar)ning muskul kuchi bilan, xususan, tepkilar yoki dastaklar yordamida harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironligi bo’lgan shaxslar kajavasidan tashqari). Velosiped nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan, tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan dvigatelga ega bo’lishi mumkin.
velosipedchi — velosipedni boshqaradigan shaxs;
velosiped yo’lkasi — alohida yo’l yoki konstruktiv jihatdan qatnov qismi va trotuardan ajratilgan yo’lning tarkibiy qismi bo’lib, tegishli yo’l belgisi bilan belgilanadi;
velosipedchilar uchun tasma — yo’lning boshqa qismlaridan yo’l chizig’i bilan ajratilgan, tegishli yo’l belgisi bilan belgilangan yo’l qismi bo’lib, faqat velosiped harakatlanishi uchun mo’ljallangan;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan qurilma;
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
haydovchi — yo’llarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni o’rgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin