Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral

ogohlantiruvchi ishoralar — avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, harakat yo’nalishini o’zgartirishda, to’xtatishda qo’llaniladigan ishoralar;
piyoda — transport vositasidan tashqarida bo’lgan va yo’lda biror-bir yumush bilan band bo’lmagan shaxs. Nogironligi bo’lgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi bo’lgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga o’xshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;
piyodalar o’tish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yo’l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo’l chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yo’lni kesib o’tishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Yo’l chiziqlari bo’lmasa, piyodalar o’tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo’l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi;
piyodalar yo’lkasi — piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yo’l belgisi bilan belgilangan alohida yo’l yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi;
piyoda va velosiped yo’lkasi — qatnov qismidan ajratilgan, velosipedchilarning va piyodalarning alohida-alohida yoki birgalikda harakatlanishi uchun mo’ljallangan va 4.6.1 — 4.6.6 yo’l belgilari o’rnatilgan yo’lning tarkibiy qismi yoxud alohida yo’l;
reversiv harakatlanish — qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yo’l belgilari, 1.9 yo’l chizig’i bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor o’rnatilgan bo’lagida harakatlanish yo’nalishining qarama-qarshi tomonga o’zgarishi;
ruxsat etilgan to’liq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yo’lovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (o’lchovi).
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va boshqalar) transport vositalarining ruxsat etilgan to’liq vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to’liq vaznlari yig’indisi kiradi;

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin