Sobirova Nazokat

Yüklə 44,95 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü44,95 Kb.
#110453
15-mavzu

Rahmanova Dilnura

Mavzu: Terminologiyadagi antonimiya

Sir emaski, ikki so‘z yoki termin leksik ma’nosining o‘zaro zid ifodaga ega bo‘lishi ekstralingvistik hodisa hisoblanmish antonimiyani yuzaga chiqaradi.

Bir semantik maydonda mavjud bo‘ladigan antonim juftliklar o‘zbek terminlogiyasi tizimiida azaldan faol qo‘llangan. Qadimgi turkiy til va eski turkiy til leksik boyligida bay “boy, badavlat, mulkdor”/čiǧay “yo‘qsil”; qullïǧ “quldor”/qul “qul, g‘ulom”; yatǧaq “tungi soqchilar” / turǧaq “kunduzgi soqchilar”; asïǧ “foyda, kirim” / yas “ziyon, chiqim”; alïmcï “qarz, kredit beruvchi” / berimči “qarzdor, kredit oluvchi”; alïm “kirim, foyda” / berim “qarz, chiqim”; yaylaǧ “yozgi qo‘nimgoh” / qïšlaǧ “qishki qo‘nimgoh”; yaš “hayot” / olum “o‘lim”; yaǧuq “qarindosh” / yat “begona, yot”; yaǧï “dushman”/ yaǧuq “do‘st, birodar” singari antonim juftliklar keng qo‘llanishda bo‘lgan.

Eski o‘zbek adabiy tilida ushbu hodisaning yanada rivojlangani kuzatiladi: foyda/ziyon; g‘aniy “boy, badavlat”/yo‘qsul “kambag‘al”; boylik/faqrlik; do‘st/aduv “dushman”; burang‘ar “qo‘shinning o‘ng qanoti”/juvang‘ar “qo‘shinning so‘l qanoti”; g‘olib/mag‘lub; g‘alaba/shikast; hujum/mudofaa shular jumlasidandir.

Tezlatgich/sekinlatgich, ochiq pozitsiya/yopiq pozitsiya, hujum-chekinish, yengil suv/og‘ir suv (kimyo), og‘ir tank/yengil tank (harb.), keng front/tor front (harb.), suv usti kemasi/suv osti kemasi (harb.), mahfiy/nomahfiy, qo‘nish/uchish (harb.), qo‘shuv/ayiruv (mat.), manfiy-musbat (fiz.), fermentlar/antifermentlar (tib.), assimilyatsiya/dissimilyatsiya (tib.; til.), funksiya/disfunksiya (tib.), semizlik/oriqlik (tib.), eksport-import (iqt.), jazoni yengillashtiradigan holatlar-jazoni og‘irlashtiradigan holatlar (huq.), simmetriya/asimmetriya (til.) singari termin-antonimlar hozirgi o‘zbek terminologyasida istalgancha topiladi.

Keyingi paytlarda leksik-semantik jihatdan zid munosabatda bo‘lgan, paradigmatik jihatdan yagona differensiyalovchi belgi orqali farqlanuvchi antonimik birliklar kontrar, kontradiktiv, komplementar va gradual turlarga bo‘lingan tarzda tasniflanmoqda

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin