Boshlang‘ich ta'limda zamonaviy metodlarni qo‘llash sanaqulova O'lmas Mirzayevna



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix08.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#127067
Sanaqulova O\'lmas Mirzayevna (1)



Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Декабрь, 2022
472 
BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA ZAMONAVIY METODLARNI QO‘LLASH 
Sanaqulova O'lmas Mirzayevna
 1- umumiy o'rta ta'lim maktabining
 boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
 
Annotatsiya: Bu maqolada boshlang'ich sinf óqituvchilari uchun qól keladigan 
zamonaviy metod va usullar, ularni dars jarayonida qôllash tartibi, maqsadi va vazifasi 
haqida sóz yuritiladi.  
Kalit so‘zlar: yoshlar, iste'dod, imkoniyat, individual-psixologik xususiyat, pozitsiya, 
iroda, g‘oya, bilim.
XXI asr texnologiyalar asridir. Bu jumlani aslo rad etib bo‘lmaydi. Yillar o‘tgani sayin 
zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har jabhasiga kirib kelmoqda. Maishiy xizmat 
deymizmi, biznes, hattoki, ta’lim tizimiga ham bu zamonaviy texnologiyalar o‘z ta’sirini 
o‘tkazmoqda.
Texnologiyalar qancha takomillashib borsa, tizimga qo‘yiladigan talablar ham shuncha 
qiyinlashib, murakkablashib bormoqda.
Ayniqsa, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar tubdan qayta ko‘rilib, ta’limga yaroqsiz, hozirgi 
zamonda jahon talablariga javob bermaydigan barcha usul va vositalar, metodlar tizimdan 
chiqarilib tashlanayotgan bo‘lsa, yaroqlilari takomillashtirilib qayta ishlanmoqda, jahon 
talab darajasidagi usul va metodlar bilan kengaytirilmoqda. Bunga misol qilib, hozirgi 
kundagi baholash tizimini olishimiz mumkin. Ya’ni avvalda 100 balli, keyin baholi tizim 
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozir 5 balli tizim yo‘lga qo‘yilib, ortiqcha funksiyalar deb topilgan 
kundalik, jurnal va o‘qituvchilarning konspekt ishlari bekor qilinmoqda.
Kundalik o‘rniga vazirlik tomonidan ishlab chiqilib joriy etilgan kundalik.com ilovasi 
orqali haqqoniy tarzda baholanmoqda. Zamonasiga mos, ilg‘or, texnika taraqqiyoti 
gullagan zamonda tug‘ilgan yosh avlod bu ilova va saytlardan bemalol foydalanmoqda. 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Декабрь, 2022
473 
Uning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, tuzatilmoqda. Bundan tashqari bunga yaqqol 
misol qilib ustozlar faoliyatidagi qator o‘zgarishlarni olishimiz ham mumkin.
Fan-texnika rivojlanishi nafaqat ta’lim tizimiga balki ta’lim jarayoniga ham ta’sir 
o‘tkazmay qo‘ymadi. Hozirgi bolalar qo‘lda yasalgan oddiy mozaika, yoki hayvon 
o‘yinchog‘iga qiziqmaydi. Balki, ularni raqamlashtirish, yangi dasturlar yaratish, 
robototexnika orqali noan’anaviy darslar o‘tilishini xohlaydi. Bugun o‘qituvchilarga ham 
shunga mos talablar qo‘yilmoqda. O‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarni bilishi lozim, 
ulardan darsda unumli foydalanishi zarur. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘z pedagogik 
mahoratini oshirib borishi zamonaviy usul va metodlarni qo‘llashni bilishi zarur *1.20+.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar 
va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga 
qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. O‘qituvchi dars 
mobaynida o‘quvchilarning diqqatini , jamlashi, darsning 
qiziq olib borilishi, darsni ham mazmunli, ham izchil olib 
borishida zamonaviy metodlarning o‘rni beqiyosdir.
Ayniqsa, o‘yinqaroq bo‘lgan boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida og‘zaki va yozma savodxonlikni rivojlantirish, so‘zlashuv madaniyatini 
shakllantirish uchun o‘qituvchi tinmay o‘z ustida ishlab yangidan-yangi ta’lim usul va 
vositalaridan foydalanishi lozim. Ustoz ularni qachon qo‘llash, qayerda qo‘llash, qay usulda 
qo‘llashni ham bilmog‘i lozimdir. Ustozlar ta’lim jarayonida faqatgina tayyor metodlardan 
foydalanmay, o‘zi ularni yaratishi, tajribada taqqoslash orqali ularni foydalilarini tahlil qilib 
saralab olishi va uni boshqa pedagoglarga ham ulashmog‘i lozimdir. Jahon talablari asosida 
ishlangan ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, ularni o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llashi, 
milliy qadriyatlar va qarashlarimizga moslab ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritishi lozimdir.
Hozirgi kunda Singapur, Hindiston, Amerika, Angliya kabi davlatlar ta’limda 
peshqadamga aylangan. Ularning ta’lim tizimini o‘rganish, tajribalar orttirish uchun ular 
bilan shartnomalar tuzish, amaliyot uchun yangi kadrlarni chet el davlatlariga yuborish 
maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida orttirilgan tajribalarni o‘z o‘quvchilarimizda qo‘llash, 
qolgan pedagoglarga ham ham bu tajribalarni ulashish orqali o‘zimizning ta’lim 
jarayonining sifatini yaxshilash, bu bilan yosh avlodni kasbga yetuk kadr qilib yetishtirish 
bizning oldimizdagi maqsadimizdir.
Darslarda o‘yin topshiriqlari takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanilsa, 
ijobiy natija beradi. Aytishadiku, takrorlash-o‘rganishning onasi deb. Bu esa, bolalarning 
xotiralarini kuchaytiradi hamda erkin fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bugungi 
kunda ta’lim jarayonida “Oxirgi so‘zni men aytay”, “Sinkveyn”, “Beshinchisi ortiqcha”, 
“Insert”, “Kubiklar” kabi qator interfaol metodlardan keng foydalanishmoqda. Zamonaviy 
texnologiyalardan darslarda videoousul, rolli o‘yin taqdimot kabi vositali metodlar ham 
kundan-kunga o‘z foydalanuvchilari safini kengaytirmoqda. Keling ulardan bir nechtasini 
ko‘rib chiqsak.


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Декабрь, 2022
474 
Bolalar ijodini o‘rganish metodi: bu metodda bolalarning muayyan sohadagi qiziqish 
va intilishlari, qobiliyatlari, layoqati, mazkur sohadagi ishtiyoqi shuningdek, ma’lum fan 
sohasidagi bilim , ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash uchun qo‘lllaniladi. Unda 
o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari— kundaliklari, insho, bayon va yozma ish topshiriqlariga 
qay tarzda javob berayotgani, mustaqil fikrlash qobiliyati muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. 
Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatlarni 
to‘g‘ri ko‘ra olish, xolisona baholash, uni o‘z ustida ishlab, rivojlantirishga yo‘naltirish uchun 
zamin yaratadi. Bu metodni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘llash maqsadga muvofiq 
bo‘lib, ayniqsa, 4-sinf o‘quvchilarida sezilarli va yaqqolroq natija beradi. Bu yoshda bola o‘zi 
uchun ma’lum bir yo‘nalish tanlash arafasida bo‘ladi. O‘zidan kichik bolalarga o‘xshab 
qarorlarda besabr, yangiliklarga qiziqsa-da o‘ch bo‘lmaydi. Yana bu usulni og‘zakidan ko‘ra 
yozma usulda qo‘llash maqsadga muvofiqroq bo‘lib, bola o‘z fikrlarini og‘zakidan ko‘ra 
ko‘proq yozmada aniq va lo‘nda qilib ifodalay oladi. Shu tariqa o‘qituvchi ta’lim 
texnologiyasidan ko‘zlagan maqsadiga yetadi.
“CHARXPALAK” interfaol metodi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar 
yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga 
olish,
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-
o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha 
o‘quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llas jarayonida 
o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishlashga, boshqalar fikrini 
hurmat qilishga o‘rganadilar.
“Charxpalak” interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil
etishimiz mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini 
belgilaydilar.
lnduksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil 
qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning 
mohiymini til dalnlari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik 
hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish 
shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik 
vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining 
beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik 
yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
So‘nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy 
pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’lim jarayonida foydalanish 
bo‘yicha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yuqoridagi metod va usullar orqali o‘tilgan darslar 
pedagogning mahoratini oshirib, darslarini yanada qiziqarliroq bo‘lishiini ta’minlaydi.


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Декабрь, 2022
475 
ADABIYOTLAR: 
1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni. Barkamol avlod 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent, Sharq nashriyoti manbaa konserni, 
1997.
2. Pedagogika / A.Q.Munavvarovning tahriri ostida.-T.:O'qituvchi,1996-200 b.
3. Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -
Toshkent, 2010.
4. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. – Toshkent, 2021

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin