Nike kompaniyasi



Yüklə 3,48 Mb.
tarix25.10.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#161289
Tesla - kelajak kompaniyasi

Tesla - kelajak kompaniyasi

Bajardi :71-22 guruh talabasi

J.Mahmudov

Hammasi nimadan boshlangan edi?

  • Hammasini iste'dodli muhandis - Nikola Tesla (1856-1943) boshlab bergan. Ajoyib muhandis hayoti davomida turli ixtirolar qildi va yangiliklar yaratdi. Ularning aksariyati qandaydir tarzda bizning dunyomizga ta'sir qildi va uni butunlay o'zgartirdi.
  • Balki ishonish qiyindir, Nikola 1880-yillarda ixtiro qilgan texnologiyalarning aksariyati zamonaviy dunyoda hali ham juda yaxshi qo'llanilmoqda. Masalan, elektr tok tizimlari, radio turi, elektr dvigatel va hatto televizordan masofadan boshqarish - bularning barchasi Teslaning xizmatlari.
  • Siz taxmin qilganingizdek, buyuk muhandis Nikola Tesla sharafiga kompaniya Tesla Motors deb nomlandi, keyinchalik u Tesla'ga o'zgardi. Avvalo kompaniyani tarixiga biroz nazar solaylik.

Tesla kompaniyasi tarixi (qisqacha) 2003-yil - kompaniyaning tashkil etilishi

  • 2003 yil 1-iyulda Tesla Motors rasmiy ravishda tashkil etildi. Ilon Mask kompaniyaning egalaridan biriga aylanishidan oldin Tesla kompaniyasini uning asoschilari - Martin Eberxard va Mark Tarpenning boshqarardi. Ammo yirik investitsiyalarsiz kompaniyani rivojlantirish mumkin emas edi.

2004-yil - Ilon Maskning kelishi


2004-yil 31-martda kompaniya asoschilari Ilon Maskga loyihaga sarmoya kiritishi bo'yicha xat yozishdi. Ilon Mask rozi bo'lib, kompaniyaga 7,5 million dollar sarmoya kiritdi va u Tesla direktorlar kengashi raisi sifatida ish boshladi. Mask dastlab badavlat odamlarga sotiladigan elektr sport avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi edi, keyin esa umumiy bozorga yo'naltiriladigan ishlab chiqarishga o'tmoqchi bo'ldi.

Ilon Mask yana 13 million dollar sarmoya kiritdi va kompaniyaning qarorlariga katta ta'sir ko'rsatishni boshladi. Mask qazib olinadigan yoqilg'idan foydalanmaydigan transport vositalarini yaratish orqali global energiya inqirozini hal qilishga yordam berishni xohladi. Shunday qilib, 2006-yilda kompaniyaning birinchi avtomobili - Tesla Roadster chiqdi.


2005-2006 yillar - ilk sport avtomobili

2007-2008-yillar - dastlabki muammolar

  • Tesla pul topishdan ko'ra tezroq pul sarflashni boshladi. Kompaniya o'z xodimlarining 10 foizini ishdan bo'shatishga majbur bo'ldi, keyinchalik kompaniyaning yana 25 foiz ishchi kuchi qisqartirildi. Tesla juda katta tezlik bilan tubsizlikka yugurdi va Ilon Mask kompaniyaga oxirgi pulini sarf qildi. Avtoulov saytlaridan birida, "Tesla o'limi" deb nomlangan teskari sanoq taymeri ham yaratilgan edi. Hamma Teslaning oxirgi pullari ham tugashini kutar edi, ammo bunday bo'lmadi.

Kompaniyaning falsafasi tufayli 2009-yilda Tesla o'zining "qutqaruv halqasini" topa oldi. AQSh Energetika vazirligi Tesla kompaniyasiga qazib olinadigan yoqilg'idan foydalanmaydigan ommaviy transport vositalarini rivojlantirishni davom ettirish uchun 465 million dollar ajratdi.


2009-yil - qutqaruv halqasi

2010-2012 yillar - ommaviy mashhurlik 2010-yildan boshlab hamma Tesla kompaniyasi haqida gapira boshladi. Mashhurlik juda tez sur'atlar bilan o'sdi va kompaniya o'zlarining avtomobillarini reklama qilish uchun pul sarflashga ham hojat yo'q edi.


Ushbu vaqt oralig'ida kompaniya Tesla Model S, Tesla Model X va Tesla Model 3 modellarini taqdim etdi. Sarmoyadorlar Tesla kelajagiga optimistik munosabatda bo'lishdi. Shunga qaramay, yong'inlardan tortib ishlab chiqarish muammolarigacha bo'lgan bir qator muvaffaqiyatsizliklar kompaniya aktsiyalarining tez pasayishiga olib keldi.
  • 2013-2015 yillar - ishlab chiqarish va savdoning boshlanishi
  • Xatolar ustida ehtiyotkorlik bilan ish olib borgandan so'ng, kompaniya yangi avtomobil modellarini sotishni boshladi. Kompaniyaning aktsiyalari narxi 49% ga ko'tarildi va Tesla innovatsion kompaniya maqomiga ega bo'ldi.
  • 2015-2018 yillar - quvvatlash uchun bekatlar
  • 2015-yildan beri Tesla “Superquvvatlagich” (Supercharger - elektr transport vositalarini zaryadlovchi stantsiyalar) tarmog'ini faol ravishda rivojlantirmoqda. Shunday qilib, bu vaqt ichida AQSh dagi yo'llar bepul zaryadlash stantsiyalari bilan qoplandi. Butun Yevropa va Osiyoda ham to'liq qamrov kutilmoqda.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin