TATU Samarqand filiali KI-ats 21-06 guruh talabasi Karimov abdullatifning “Pedagogika,psixologiya” fanidan ochiq dars uchun tayyorlagan taqimoti
Fan o‘qituvchisi: MUSINOV SOBIR
O'zbekiston ta'lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar
Reja:
Mustaqillik ostonasida O‘zbekiston SSRda ta’lim tizimining holati.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar.
Ta’lim tizimining mazmun mohiyatining jaxon standartlariga mos keltirish borasidagi o‘zgarishlar.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim sohasining sifat o‘zgarishlari hamda xalqarolashtirish tamoyillari.
Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini belgilaydi. Ijtimoiy sohalarning o‘sishi xududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini belgilaydi. Ijtimoiy sohalarning o‘sishi xududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqillik ostonasida O‘zbekiston SSRda ta’lim tizimining holati.
Sovetlar tuzumi yillarida partiya yakkaxokimlikning vujudga kelishiga jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o‘z mafkuraviy ta’sirini o‘tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini o‘zgartirishda muhim olim bo‘lgan ta’limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Xalqning ma’rifatga, fanga va milliy madaniyatga bo‘lgan intilishi xukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko‘zlamay va yaxshi o‘ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo‘liga burildi.
Yangi ziyoli kadrlarni shakallantirish, eski mavjud ziyolilarni yo‘q qilish ana shu maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirildi. Savodxonlik darajasini o‘sishi byurokratik boshqaruv tizimini mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti tomon yurish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq mafkuraviy nazoratning o‘rnatilishi bilan hamohang ravishda yuz berdi.