O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar.
1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga, ularda o‘qiyotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 taga etdi. Sovetlarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalarini, ayniqsa uning har bir sohasini qamrab oldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga va uni takomillashtirib borishga e’tibor berildi.
Ikkinchi jahon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillarda oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqazo etardi. Oliy ta’limni rivojlantirish dinamikasi quyidagicha kechdi. 1950-1953 yillarda 16.600 ta mutaxassis tayyorlandi. 1959-yilda 31 ta oliy o‘quv yurtida 88 ming kishi ta’lim oldi. 1985-yilga kelib, 42 ta oliy o‘quv yurtlarida 285.5 ming kishi ta’lim oldi. 1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi.
Biroq, bular miqdor ko‘rsatkichlaridagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati – oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko‘plab muammolar mavujud edi. Shu o‘rinda jahon fanlar tizimida o‘z mavqesiga ega olimlar qatlami etishib chiqganligi va texnikada katta yutuqlar qo‘lga kiritilganli gini inkor etib bo‘lmaydi.
Ammo ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan ulkan siyosiy va iqtisodiy boshqaruv bu yutuqlarni xalq xo‘jaligiga jalb eta olmadi. Novatorlik ishlanmalarni byurokratik chig‘iriqdan o‘tgunicha ahamiyatini yo‘qotar edi. Fanning ko‘p tarmoqlari militarlashgan harbiy uslubga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozaga solish kuchaydi, xalqaro fanlararo aloqalar qattiq nazorat ostiga olindi.