28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356


B) Monopoliyaga qarshi mustaqil idora



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə13/14
tarix22.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#159438
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat

B) Monopoliyaga qarshi mustaqil idora Birinchidan, Monopoliyaga qarshi kurashish (antimonopoliya) qo‘mitasi bevosita prezident va parlamentga hisobot topshiradigan mustaqil ma'muriy organ bo‘lishi kerak. Antimonopoliya qo‘mitasi neytral bo‘lishi va hukumat idoralari faoliyati va islohotlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlaydigan referi rolini bajarishi lozim. Antimonopoliya idorasining mustaqilligi borasida yapon hamkasblarimizdan o‘rnak olishni tavsiya etaman. O‘tgan asrning 60-70-yillarida arab-isroil urushlari sabab yuz bergan neft inqirozi davrida kuchli benzin tanqisligi yuzaga keldi. Bu esa neftning jahon narxlari o‘sishiga olib keldi. Narxlarning o‘sishidan xavotirga tushgan neft kompaniyalari benzin narxini oshirishni iqtisodiyot vazirligi bilan kelishishga qaror qilishdi. Yig‘ilishda Yaponiya iqtisodiyot vazirligi neft kompaniyalari tomonidan taklif etilgan narxni ma'qulladi. Ertasi kuni benzin narxi butun Yaponiyada bir xilda oshdi. Bunga javoban Yaponiyaning monopoliyaga qarshi idorasi neft kompaniyalari ustidan «benzin narxini o‘zaro kelishgan holda belgilash, ya'ni kartel tuzish» aybi bilan ish qo‘zg‘adi.Narxni oshirishga Yaponiya iqtisodiyot vazirligi shaxsan rozilik berganiga Antimonopoliya idorasi umuman parvo qilmadi. Natijada, kartel ishtirokchilari raqobat qonunchiligini buzganliklari uchun javobgarlikka tortilishdi. Yaponiyaning antimonopol organi tashkil etilishidan boshlab hozirgacha Yaponiya iqtisodiyot vazirligi bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklarini OAVda kuzatish mumkin. Ikkinchidan, O‘zbekiston Prezidenti farmonida aytilganidek, kartel bitimlarini aniqlash yangi Antimonopoliya qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Kartel bitimlarini fosh qilish va isbotlash uchun Antimonopoliya qo‘mitasi prokuratura kabi tezkor-qidiruv vakolatlariga ega bo‘lishi lozim. Chunki kartel bitimlari maxfiy bo‘lib, ularni aniqlash va isbotlash — murakkab jarayon.
Antimonopoliya qo‘mitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlash davlatning kun tartibida turgan-turmaganini bilmayman. Biroq vakolatlarning bu tariqa kengaytirilishi iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida qay darajada maqsadga muvofiqligini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Sababi, raqobat qonunchiligi korrupsiya, vakolatlarni suiistemol qilish va ayrim shaxslar manfaatlarini himoya qilishning yana bir vositasiga aylanishi xavfi bor. Ammo, mamlakatimizda sud mustaqilligi bilan bog‘liq muammolar bartaraf qilinsa, Antimonopoliya qo‘mitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlashning hech qanday xavfi yo‘q. Chunki, antimonopol idoralarining noto‘g‘ri va asossiz qarorlaridan va noqonuniy harakatlaridan tadbirkorlarni himoya qilish uchun faqat sud kafil bo‘la oladi. Shu sababdan, raqobat qonunchiligini yaxshi biladigan malakali va halol sudyalarni tayyorlash zarur. Nizolarni samarali hal etish uchun bu o‘ta ahamiyatlidir. Raqobat qonunchiligi va iqtisodiy asoslar bo‘yicha sudyalarning bilimlar yetarli bo‘lmasa, sudlar monopoliyaga qarshi organning ayblov qarorlarini tasdiqlab beraverishdan nariga o‘tmaydi. C) Raqobat (antimonopol) siyosati Ko‘pchiligimiz raqobatbardosh bozor deganda bozorda ko‘plab xaridor va sotuvchilarning mavjudligini tushunamiz. Ha, bu to‘g‘ri, biroq ushbu tushuncha mukammal emas. Aslida, haqiqiy raqobat bu — tadbirkorlarning bozorga erkin kirib, uni erkin tark eta olishidir. Aynan bozorga kirishdagi to‘siqlarning mavjudligi monopoliya yuzaga kelishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bozorga kirishdagi to‘siqlar, o‘z navbatida, quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

  • yagona korxona ishlab chiqarishning asosiy resurslariga ega bo‘lganda;

  • hukumat ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bitta xo‘jalik sub'yektiga mutlaq huquqlar taqdim etganda;

  • ishlab chiqarish xarajatlari shundayki, bozorda yagona ishlab chiqaruvchi bo‘lgandagina ishlab chiqarish maksimal darajada samarali bo‘ladi (tabiiy monopoliyalar).Aslida, bozorga yangi xo‘jalik sub'yektlarining kirish imkoniyati doim mavjud bo‘lsa, zararkunanda monopoliya paydo bo‘lmaydi. Chunki bozorga kirishda to‘siqlar bo‘lmasa hamda biznes daromadli bo‘lsa, unga kirishni istaydigan tadbirkorlar albatta topiladi, bu esa monopoliyani o‘z o‘zidan yo‘q qiladi.Tan olish kerakki, mamlakatimizda monopoliyalarning paydo bo‘lishiga davlatning o‘zi asosiy sababchi hisoblanadi. Shuning uchun Antimonopoliya qo‘mitasining ustuvor faoliyatidan biri — proteksionistik maqsadlar va raqobatni cheklash maqsadida davlat organlari va yuridik shaxslar birlashmalari yaratadigan bozorga kirish to‘siqlarini qisqartirish vh.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin