28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/14
tarix22.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#159438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat

1.3Kichik ochiq iqtisodiyot modeli
Kichik ochiq iqtisodiyot - bu milliy iqtisodiyot bo’lib, unda jahon bozoriga nisbatan juda kam ulushni ifodalovchi, xalqaro kreditlash, qarzdorlikni inkor etmaydi, lekin butunjaxon real foiz stavkasi r* ni inkor etadi. Chunki kichik ochiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r butunjahon real foiz stavkasi r * ga teng deb olinadi Biz investitsiya hajmi (I) ga foiz stavkasi teskari ta’sir etishini bilamiz. Jamg’arma miqdori (S) ushbu holatda ikki omilga bog’liq bo’ladi: soliqlar T va davlat harajatlari G. Aynan davlat harajatlari va soliqlardan davlat o’zining fiskal (byudjet - fiskal) siyosatida foydalanadi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, kapital harakati schyoti (I - S) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) fiskal siyosatga va xalqaro foiz stavkasiga bog’liq bo’ladi . Grafikdagi muvozanat yopiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r orqali o’rnatiladi. I va S chiziqlari r foiz stavkasi AB chiziqdagi kesishgan joyi muvozanat hisoblanadi
Kichik yopiq iqtisodiyot modelida mamlakat foiz stavkasi r bilan xalqaro foiz stavkasi r * teng bo’ladi. Bizning misolimizda esa r * > r ifoda o’rinli. Muvozanat buziladi S>I. Bunday vaziyat joriy operatsiyalar schyotida Xn ijobiy saldo xisoblanadi . Kapital xarakati schyoti (S – I) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) dastlab nolli saldoga ega bo’ladi: bu shuni anglatadiki, iqtisodiyotning tashqi savdosi balanslashgan, ya’ni import va eksport teng bo’ladi. Mamlakatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan kapital oqimlari ham teng bo’lib nolli saldoga ega bo’ladi. Ushbu holatga istisno qilib biz bozor farovonligi holatini ko’rishimiz mumkin. Chunki iqtisodiy siyosat fiskal siyosat orqali amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa fiskal siyosat mamlakat ichida o’tkaziladi va milliy hisoblanadi. Jamg’arma va investitsiyalarning foiz stavkasiga bog’liqligi
Birinchi bo’lib milliy fiskal siyosatning o’tkazilishini ta’sirlarini ko’rib chiqaylik. Iqtisodiyotni dastlabki shakllanishida tashqi savdo (Xn = 0) balanslashgan va kapital harakati schyoti nolli qoldiqqa ega bo’ladi, deylik. Unda foiz stavkasi r ni o’zgartirmasdan turib davlat xarajatlarini oshishi (G) va soliqlarni (T) kamayishi milliy jamg’armani (S) S1 dan S2 gacha pasayishiga olib keladi (AV chiziq). Jamg’armaning S1 dan S2 gacha kamayishi kapital harakati schyotining (I - S>0) musbat (ijobiy) qoldiqqa ega ekanligini anglatadi. Shu bilan birga mamlakatga chetdan tashqi investitsiyalarning oqib kirishini taqazo etadi. Kapital xarakati schyotining ijobiy qoldiqqa ega bo’lishi joriy operatsiyalar schyoti (-Xn) ning manfiy (salbiy) qoldiqqa ega bo’lishi orqali muvozanatlashadi. Agar davlatning dastlabki balanslashgan iqtisodiyotida Xn = 0 va (I-S) =0 bo’lsa va rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borilsa, bu davlatda kapital xarakati schyoti ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi. (I - S > 0, Xn <0 ) Schyotining (I-S>0) (ijobiy) musbat qoldig’iga ega ekanligini anglatadi. Shu bilan birga mamlakatga chet el investitsiyalarini kirib kelishini taqozo etadi. Kapital harakati schyoti ijobiy qoldiqqa ega bo’lishi joriy operatsiyalar schyoti (-Xn)ning manfiy (salbiy) qoldig’i orqali muvozanatlashadi. Agar davlatning dastlabki balanslashgan iqtisodiyoti Xn =0 va I-S=0 bo’lsa va rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borilsa,bu davlatda kapital harakati schyoti ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.Davlatning rag’batlantiruvchi fiskal siyosati Agar chet mamlakatlar rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borsalar, G-davlat xarajatlari ortib,T olib keladfi tutgan sharoitda bir vaqtda ichki va tashqi muvozanatga erishishga imkon beradi.Ichki va tashqi muvozanat muammosining nazariy jihati ko’pincha IS-LM ning bir muncha modifikatsiyalangan modeliga to’lov balansi muvozanatini ko’rsatuvchi VR chizig’ini qo’shib qo’llash sifatida qaraladi. Bu model valyuta kursining turli tartiblari uchun quriladi. Mukammal kapital harakatiga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot Mandell-Fleming modeli yordamida tahlil qilinishi mumkin. R. Mandell va M.Fleming o’z tadqiqotlarida pul-kredit va byudjet-soliq siyosati ichki va tashqi muvozanatga turli nisbiy ta’sir o’tkazishini aniqladilar. O’z navbatida biz yopiq iqtisodiyotda o’tib ketamiz.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin