O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ECONOMICS TAQDIMOT Mavzu: DAVLAT BUDJETI VA FISKAL SIYOSATI Bajardi: 1- bosqich MBB – 15-25 guruhi talabasi Toshpo’latov Farrux Qabul qiluvchi: Yuldasheva Dildora Toshkent – 2023
· Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari.
· O`zbekiston Respublikasi soliq - byudjet siyosati.
1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iktisodiyotni barkarorlashtirish xisoblanadi. Bunday barkarorlashtirishga monetar siyosat vositalari katori fiskal siyosat orkali xam erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-solik siyosati deb xam aytiladi.
Byudjet-solik siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chikarish sharoitida iktisodiyotda to`lik bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iktisodiy o`sishni ta`minlashga karatilgan davlat xarajatlari va soliklarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iktisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA`ni, davlat kiska muddatda iksodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliklarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaktning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzok muddatda davlat xarajatlarining yukori bo`lishi va soliklarni kamaytirish ishlab chikarish omillarining o`sishiga va natijada, iktisodiy saloxiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini makbul xolatga olib kelish orkaligina erishish mumkin. Iktisodiyotda to`lik bandlik va ortikcha talab natijasida inflyatsiya kelib chikishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi.