Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan. Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yoki bu choralarni o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u prezidentning iqtisodiy maslaxatchilari kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki “avtomatik”), xisoblanadi.
Davlat fiskal siyosati - bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
“Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi..