siyosat
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi. Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismi va jamiyat rivojlanishini taqazo qiladigan talablaridan biri bo‘lib kelgan. Davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz takomillashib borgan.
2.Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; 3.Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YAIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi.
Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy aktivlar uning subektlari hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda – moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati
bilan tavsiflanishi;
2. Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi;
3. Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi.
Dostları ilə paylaş: |