28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356


Iqtisоdiyotni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vоsitаlаri



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə8/14
tarix10.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#128229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
ABRORBEK 7777 yangisi

3.2 Iqtisоdiyotni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vоsitаlаri
Bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o`zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko`rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o`rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir. Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo`lni bosib o`tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar o`rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy sub`ektlari o`rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni iste`mol etishgacha bo`lgan davrni qamrab oladi. Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ko`rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo`lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo`lib hisoblanadi. Ma`lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo`lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste`molchi o`rtasidagi aloqalarni bo`glaydi. Tarmoqlar o`rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta`minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo`ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo`lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo`la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o`smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o`rni ham oshib bormoqda.
Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o`z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo`lmoqda. Masalan: temir yo`l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba`zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu`giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma`lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko`rsatishda (ishsizlarga, tu`gma nogironlarga), pensiya ta`minotida, mudofaani ta`minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta`sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu`giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib bo`lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o`zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi.Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Ular quyidagilardir:
1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta`minlash;
2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.);
3. Qonuniy tartibga solish vazifasi;
4. Muvofiqlashtirish vazifasi;
5. Ijtimoiy yo`naltirilgan vazifasi;
6. Taqsimlash;
7. Nazorat va boshqalar.
Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur bo`lsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini ko`rsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari. Ularning rivojlanish bosqichlari quidagilardan iboratIqtisodiyot o`zini-o`zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm bo`ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga solish zarurati va uni bozor bilan uy`gunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo`lish mumkin: 1. Ikkinchi jahon urushiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin. Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shartsharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yo`l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo`li bilan xo`jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit …). Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega bo`lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy elementi sifatida qaraladi. Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish;
2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish;
3. Iqtisodiy o`sishning barqaror darajasini ta`minlash;
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni boshqarish;
5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta`minlash;
6. Ekologik va demografik muammolarni xal etish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi turli uslublar bilan amalga oshiriladi. Ulardan: iqtisodiy, qonuniy-ma`muriy va sudlov. Ushbu uslublar turli vositalardan foydalangan holda turli usullar orqali amalga oshiriladi. U umumiy ko`rinishda 1-chizmada keltirilgan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin