29 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya operatsiyalariga ularga trast xizmati ko‘rsatish operatsiyalari, mijozlarning
tijorat operatsiyalari, ularning majburiyatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari,
cheklar, hujjatlashtirilgan akkredetivlar va inkasso vositasida to‘lovlarni amalga
oshirish operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq opratsiyalar, ularga
kafolatlar berish va boshqa operatsiyalar kiradi.
Banklarning o‘z operatsiyalariga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar
olish, depozitlar qabul qilish valyutalarni, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va
sotish operatsiyalari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining birontasi hozirgi kunga qadar
xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining listingiga kirmagan. Bu esa, ularning
xorijiy valyutadagi yozalgan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
Ko‘pchilik holatlarda o‘zaro vakillik munosabatlari ikki tomonlama yoki bir
tomonlama hisob varaqlari ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda, hisob varaqlari ochmasdan turib ham o‘zaro vakillik
munosabatlarini o‘rnatish mumkin. Bunda xalqaro hisob-kitoblar uchinchi
bankda ochilgan hisob varag‘i orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob munosabatlarini XIM tizimidagi
o‘rnini belgilovchi ikkinchi asosiy omil ularning xalqaro elektron to‘lov tizimiga
ulanishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, bank sohasida olib
borilgan islohatlar natijasida qisqa muddatda milliy elektron to‘lovlar tizimi joriy
etildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida xo‘jalik
subektlari o‘rtasida to‘lovlar o‘tkazish vaqti keskin ravishda qisqardi. Ushbu
ma’lumotlar quyidagi diagrammada keltirilgan.
Bundan tashqari zaxira shakllantirish mumkin bo‘lgan valyutalar (AQSh dollari,
fund sterling, fransuz franki, nemis markasi, yapon yeni va boshqalar) bir
tomondan kamaygan bo‘lsada (butun yevpopada yevro ning yagona pul birligi
sifatida qabul qilinishi natijasida nemis markasi, shvetsariya franki, fransuz
franki, fund sterling (qisman) kabi zaxira shakllantiradigan valyutalar
muomiladan chiqib ketishi hisobiga), bir tomondan jahon moliyaviy inqirozi
davrida neft narxining keskin ko‘tarilishi va neftni eksport qiluvchi yirik
mamlakatlarning pul birliklarining jahon bozoriga kirib kelishi natijasida jahon
valyutalari ko‘payib ketdi.
Konferensiyada qabul qilingan yana bir tamoyilga ko‘ra butun dunyoda erkin
valyuta kurslari rejimi amal qilishi kerak edi. Lekin hozirda bor-yo‘g‘i jahonning
23 davlatida ushbu rejim amal qilib, 100 dan ortiq davlatlarda yo qatiy