30 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya belgilangan valyuta tizimi yoki boshqariladigan rejimdagi valyuta kurslari
muomilasi taminlangan.
Bu holatlarning barchasi xalqaro valyuta fondini qayta isloh qilishni talab
qiladi. Chunki hozirgi kunda xalqaro valyuta fondi moliyaviy va valyuta
munosabatlarini to‘liq va izchil nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Masalan
xalqaro valyuta bozorlari tizimining yangi ko‘rinishi FOREX tizimini nazorat
qilish juda mushkul. Bu bozorni tartibga solib bo‘lmaydi deyish ham mumkin.
Bu bozorning malum manzilda joylashmagani qolaversa u butun kun davomida
faoliyat olib borishi unda bo‘layotgan operatsiyalarni nazorat qilish
imkoniyatini cheklaydi.
Fikrimizcha, jahon moliya bozori tushunchasiga uslubiy yondashuv ushbu
tushunchani bir tomondan izohlashning iloji bo‘lmaganligi tufayli, ko‘p
o‘lchamliligini tushunishga asoslanishi kerak. Hatto eng asosiy tushuncha ham
bir necha omillarni – bozorda yuzaga keluvchi munosabatlarning iqtisodiy
mohiyati, unda aylanuvchi moliya aktivlari, bozorda bitimlarni amalga
oshiruvchi sub’ektlar, shuningdek, ularning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini
rad etishi mumkin. Shuning uchun turli mualliflarning jahon moliya bozori
tushunchasiga tahlil etilgan yondashuvlaridan o‘zaro to‘ldiruvchi sifatida
foydalanish mumkin.
Jahon moliya bozori rivojlanishining geografik tuzilishi tahlili rivojlangan
mamlakatlarning ustunligini ko‘rsatadi. Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSh
va Kanada), Evropa Ittifoqi mamlakatlari va Yaponiya umumanjahon
bozorining uchdan bir qismini egallaydi.
XULOSA
Jahon bozoridagi joriy yo‘nalishlarning tadqiq etilishiga ko‘ra, yaqin va uzoq
muddatli istiqbolda aksariyat davlatlar moliya sektorida chuqur o‘zgarishlar
ehtimoli mavjud.
2009-2010 yillarda ishbilarmonlik faoliyatining jonlanishiga qaramay,
hozirgi jahon moliyaviy inqirozi oqibatlari to‘liq bartaraf etilmagan. Bizning
fikrimizcha, yaqin bir necha yilda jahon moliya bozorida ikki asosiy omil –
jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining bevosita ta’siri, shuningdek,
barqarorroq moliya tizimini tashkil etishga qaratilgan va inqirozni keltirib
chiqaruvchi tartibga solish muhitining o‘zgarishi hukmronlik qiladi.
Natijada, moliya sektori faoliyati, moliya institutlari hajmi, operatsiyalarni
moliyalashtirish usullari, xatarlarni boshqarish siyosati, alohida davlat
(mamlakat)lar va jahon moliya bozorlaridagi raqobat xususiyatlarida miqyosli
o‘zgarishlarning ehtimoli mavjud.