286 xorijiy davlatlarda texnologiya fanini o'qitilishi sh. Kenjayev



Yüklə 41,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü41,33 Kb.
#188451
  1   2
Sh.Kenjayev



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
286 
XORIJIY DAVLATLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O'QITILISHI 
Sh.Kenjayev 
Xorazm viloyati pedagoglarni yangi 
metodikalarga o`rgatish milliy markazi 
“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari 
ta`lim metodikasi kafedrasi mudiri 
 
Annotatsiya:
Ma’lumki о’qituvchilik kasbi о’ta ma’suliyatli kasb bо’lib, turli 
integratsion bilim va kо’nikmalarni talab etadi. Texnologiya fani о’qituvchisi kelajakda 
о’quvchilarga bilim berish bilan birga ularda ma’lum kasb-hunarga oid kо’nikmalarni 
shakllantiradi. Bunda berilgan buyumlarni tayyorlashda о’qituvchi yuqori malaka va kasbiy 
mahoratga ega bо’lmog’i kerak. Ushbu natijaga erishish uchun bilim va kо’nikmalardan 
tashqari о’qituvchining о’z sinalgan uslubi, ta’lim va tarbiya orqali о’quvchilarga ta’sir 
о’tkaza olish qobiliyati bо’lishi lozim. Dars jarayonida о’quvchilarga bilim berish bilan 
birga ularda mehnat qilish kо’nikmalarini о’stirish va mehnat orqali tarbiyalash 
kо’nikmasiga ega bо’lishni o’quvchilarga muassasalarda shakllantirish lozimdir.
Kalit so’zlar:
kasb, integratsion bilim, texnologiya, fan, о’qituvchi, kasb-hunar
malaka, kasb, mahorat, ta’lim, tarbiya, dars jarayon, mehnat. 
Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni 
qо'llasada, uning о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. О‘quvchilar bilish faoliyati bilan 
emas, balki yaratish faoliyati bilan shug`ullanadilar. Texnologiya fani predmetlari, qurollari, 
jarayonlari oddiy о`rganish obyekti sifatida emas, balkiо‘quvchilar ishlarini faollashtiruvchi 
kо‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta‘limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. 
Texnologiya fani о‘quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini о‘rgatadi. 
Texnologiya fanini o‘rganish materiallar, ularning xossalarini o`rganishdan hamda 
ushbu materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan turli buyumlar tayyorlashdan 
iborat bo‘ladi. Ushbu jarayon o‘qituvchilardan texnologik bilimlarni qo‘llash, kreativ va 
texnik fikrlash orqali tayyor buyumlarning sifat darajasini tahlil etish va o‘quvchilarga 
kasbiy bilimlarni singdirishdan iborat. O‘quvchilarni yoshligidan mehnatga o‘rgatish 
kelajak hayotlarida juda katta samara beradi. Bunda mehnat ko‘nikmalari bilan birga 
o‘quvchilarda kreativlik, texnik bilimlar, kollektiv ijodkorlik kabi qobiliyatlarni ham 
shakllantirish zarur. 
Og‘zaki bayon qilish metodlarining turlari 
Og‘zaki mashqlardan ta‘lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning 
umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan 
bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni 
o'rganishdagi ahamiyati beqiyos. 
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki 
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va 
izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining nuqt mahorati, 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
287 
so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish 
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni 
o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. 
Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. 
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi bo`lib, u fanda qadimdan 
ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim 
jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa 
sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi. 
Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich 
egallashga imkon beradi. 
Tushuntirish o'quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida 
bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi. Undan odatda, 
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o'rganishda foydalaniladi. Tushuntirish 
jarayonida o'quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko'zga tashlanadi va shu asosda 
materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko'p hollarda o'qituvchining 
ko'rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog'liq bo'ladi. 
Ma'ruza — yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi sanalib, uning 
o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan 
axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma'ruzasi mazmunini 
murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog'lanishlari, 
qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma'ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina 
qo'llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi 
tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqtda 
o'quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi 
Integratsiyalashgan ta‘limning o`ziga xos xususiyatlari 
Intergratsiya» so‗zi lotincha integratio-tiklash, to‗ldirish, «integer» butun so‗zidan 
kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: 
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‗liqlik 
holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan, 
tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish 
jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‗zaro 
aloqadorlik va nihoyat o‗zaro bir-birini to‗ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda 
chuqurlashtiruvchi, o‗quv predmetlari mazmunini eng kamida ta‘lim standartlari darajasida 
sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir.Chunki predmetlararo 
aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‗rganilayotgan o‗quv predmetlari doirasida 
ma‘lum didaktik birliklar orasida o‗rnatilib, ularni o‗rganish mazmunini va muddatlarini 
muvofiqlashtirishni ko‗zda tutadi, bundan farqli o‗laroq integrativ aloqadorlik asosida 
tashkil etilgan o‗quv predmeti yoki integratsiyalab o‗rganilayotgan predmet, hodisa yoki 
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai 
nazaridan talqin etishni talab etadi 
Boshlang`ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta‘limdan foydalanishning 
metodik xususiyatlari 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
288 
Integtatsiya atamasi, tadqiqodchilarning fikrlari 
Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan) — 1) 
sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini 
hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning 
yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan 
ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish 
Texnologiya va matematika, texnologiya va adabiyot,texnologiya va tarix 
Texnologiya va jismoniy tarbiya, texnologiya va rasm,texnologiya va tabiat 
Tarbiya nazariyasi 
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning 
mazmuni, usuli va tashkil e‘tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo 
faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z 
qoidalarini asoslash uchun falsafa, e‘‘tika,e‘tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan 
foydalanadi.Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy 
asoslari, ta‘lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u‘zviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida 
kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy. ahloqiy, irodaviy e‘tsetik xislatlari 
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. 
Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi 
Tarbiya qoidalari 
Tarbiya qoidalari pedagogik ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil e‘tish 
maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta‘lim qoidalari 
o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini 
shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo 
faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada e‘rishgan yutuqlarga 
asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil e‘tishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu 
qoidalarda o‘z ifodasini topadi.Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:-
tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganligi-tarbiyaning insonparvarligi-tarbiyaning hayot 
va mehnat bilan bog‘liqligi-tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning 
ustivorligi-o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish-izchillik
tizimchilik, o‘zluksizligi 
Texnologiya fani bizga talim tizimining yangi sohalariga qadam qo‘yishga bo`lgan 
imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunga yana yaqqol misol tariqasida mehnat talimi fani 
texnologiya faniga o‘zgartirilganligidir. Buning asosiy sababi mehnat so‘zi keng ma‘no va 
tushunchaga ega bo‘lib hozirgi texnika va texnologiyalar rivojlangan zamonamizga to‘g‘ri 
kelmaydi. Texnologiya ta‘limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish lozim. Lekin bu sohada yuqori 
darajaga erishish uchun eng avvalo moddiy-texnik baza zamon talablariga javob berishi 
lozim.Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
-umumiy о‘rta ta‘lim maktablarida о‘qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni, 
mustaqil hayotda qо‘llash imkoniyati bо‘lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va 
ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emas; 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
289 
-texnologiya 
fanini о‘qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo 
bog‘liqlikning kamligi; 
-texnologiya fani me‘yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi 
kompetensiyasi uchun ishlanganligi va darslik, ishchi daftar va о„qituvchi kitoblari, 
multimedia ilovalari, didaktik materiallarning yetishmasligi; 
-texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, 
arduino kabi О‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bо‘ladigan elementlarning 
kiritilmaganligi bо‘lajak maktab bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga salbiy 
ta‘sir kо‘rsatmoqda; 
-о‘quvchilarda ta‘lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun о‘quvchilarda 
zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi 
taktil kompetensiyalarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi; 
-texnologiya fani moddiy-texnika bazasini eskirganligi, zamonaviy texnika va 
texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda byudjetdan mablag‘ bilan ta‘minlash 
bо‘yicha yetarli choralar kо‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganli; 
Texnologiyaning jadal rivojlanishining birinchi davrida bunday bo'linish kuzatilmadi 
va ilmiy adabiyotlarda asosan ixtirochilik faoliyati haqida so'z yuritildi. Hozirgi vaqtda 
kashfiyot, ixtiro va ratsionalizatorlik taklifining ilmiy va amaliy bo'linmasi mavjud bo'lib, 
ular nafaqat texnik ob'ektlarga nisbatan amalga oshiriladi. Shunday qilib, kashfiyot deganda, 
ilgari noma'lum bo'lgan ob'ektiv mavjud bo'lgan mulk yoki hodisani o'rnatish tushuniladi. 
Ishlab chiqarish, madaniyat va boshqalar uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'lgan 
muammoning yangi echimi deb nomlangan ixtiro. 

Yüklə 41,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin