UKRAINIAN SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE:
“MULTIDISCIPLINARY
SCIENTIFIC RESEARCH, MODERN VIEWS AND SCIENTIFIC RESEARCH”
1
PART 1, 07.02.2022
www.interonconf.com
OLIY SUD TOMONIDAN ISHLARNI KASSATSIYA INSTANSIYASIDA KO’RISHNING
MUAMMOLARI VA ULARGA YECHIMLAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.6025126
Xakimov Bunyod Turanazarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual
va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi o’qituvchisi
O’zbekiston, Toshkent
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oliy sudda ishlarni ko’rib chiqish bilan bo’gliq
muammolar qiyosiy-huquqiy uslubdan foydalangan holda tahlil qilingan. Jumladan, ishlarni
ko’rish muddatini kechiktirish, ishlarni sifatli ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’lgan muammolar
shular jumlasidandir. Hamda ushbu muammolarga yechimlar taklif qilingan.
Kalit so’zlar: sud, kassatsiya, nizo, oxirgi instansiya, huquqni qo’llash
O’zbekiston Respublikasida sud sohasida so’nggi yillarda bir qancha o’zgarishlar
amalga oshirildi. Shulardan biri “bir sud – bir instansiya” tamoyilining joriy etlishi bo’ldi. Bu
tamoyilga asosan, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida birinchi
instansiyada ko’rib chiqilgan ishlarni apellatsiya instansiyasida qayta ko’rib chiqish
faqatgina viloyat hamda unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan ko’rilishi kerak. Apellatsiya
instansiyada ko’rilgan ishlarni qayta ko’rish kassatsiya instansiyasida Oliy sud tomonidan
amalga oshiriladi.
Rivojlangan davlatlarda ishlarni ko’rib chiqish 3 pog’onali instansiya shaklida
shakllantirilgan. Ya’ni, Oliy Sud oxirgi – 3-instansiya rolini bajaradi. Hozirgi O’zbekiston
protsessual qonunchiligida ham 3-instansiya Oliy Sudga to’g’ri keladi. Faqat, 4-instansiya
sifatida ishlarni kassatsiya tartibida takroran ko’rish instituti ham mavjud. Quyida 3-
instansiya bo’lgan kassatsiya instansiyasi haqida biroz bahs yuritiladi. Ushbu institutning
maqsadi, vazifalari va ahamiyati to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Shuningdek, kassatsiya
instansiyasida ishlarni qayta ko’rish bilan bog’liq muammoli holatlarni ham yoritishga
harakat qilinadi.
Kassatsiya instansiyasida ishni qayta ko’rish uchun kassatsiya shikoyati apellatsiya
instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida bevosita
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyatini besh kundan ortiq bo’lmagan muddatda o’rganib
chiqadi hamda kassatsiya shikoyatini qabul qilishni rad etish to’g’risida yoki qaytarish
haqida yoxud kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish
to’g’risidagi qarorlardan birini qabul qiladi. Kassatsiya shikoyatini sud muhokamasida ko‘rib
chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ko‘p
bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish kassatsiya instansiyasida ko’rib chiqilayotganda,
UKRAINIAN SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE:
“MULTIDISCIPLINARY
SCIENTIFIC RESEARCH, MODERN VIEWS AND SCIENTIFIC RESEARCH”
2
Dostları ilə paylaş: |