Multidisciplinary scientific research, modern views and scientific research



Yüklə 366,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.05.2023
ölçüsü366,11 Kb.
#109133
1   2   3   4
Xakimov Bunyod Turanazarovich


PART 1, 07.02.2022
www.interonconf.com
qarorlari huquqdagi noaniqliklar va bo’shliqlarni bartaraf etish bilan birgalikda huquq 
normalarini hozirgi talablarga moslab boradi. Oliy Sud huquq normalarining aniqligini, odil 
sud tizimini yaxshi ishlashini hamda huquq normalarining oldindan taxmin qila olish 
funksiyasini ishlashini ta’minlashda asosiy rol o’ynashi kerak. 
Oliy Sud adolatsiz sud qarorlarini bekor qilishdagi oxirgi bo’g’indir. Umuman olganda, 
Oliy sudda ishlarni qayta ko’rish degani – bu quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 
qarorlarning xatolariga asosiy e’tiborni qaratishdir. Odatda taraflar o’zlari uchun yoqmagan 
qarorlarni xato qarorlar sifatida qayta ko’rib chiqilib o’zgartirilishi kerak degan tushunchada 
bo’lishadi. Natijada, Oliy sudga taraflar tomonidan juda ko’p miqdordagi shikoyatlar kelib 
tushadi. 
Buning oqibatida, agar ushbu shikoyatlarni mutanosib ravishda saralash mexanizmi 
mavjud bo’lmasa, Oliy sudda ko’rilishi kerak bo’lgan ishlar soni oshib ketadi. Har bir 
davlatda uning sud tizimiga qarab Oliy suddagi ishlarning miqdori har xil bo’ladi. Masalan, 
yiliga fuqarolik ishlari bo’yicha 100-150 ta ish ko’radigan AQSH Oliy sudi uchun yiliga 4000 
ta ishni ko’rib chiqish falokatli holat bo’lishi mumkin. Aksincha, yiliga fuqarolik ishlari 
bo’yicha 22 000 ta ish ko’radigan Fransiya Kassatsiya sudi uchun yiliga 4000 ta ishni ko’rish 
– bu sudning faoliyat ko’rsatmaganligini bildiradi.
Endi yuqoridagi kabi muammolarga yechimlar haqida biroz bahs yuritiladi. 
Avval aytib o’tilganidek, ushbu muammolarga yechimlarni 2 ta katta guruhga bo’lish 
mumkin. 1) Oliy sudning ishlarni ko’rib chiqish imkoniyatini oshirish; 2) ishlar miqdorini 
kamaytirish; 
Sudyalar sonini ko’paytirish Oliy sudning ishlarni ko’rish imkoniyatini oshirish uchun 
taklif etiladigan eng ko’p beriladigan yechimlardan biridir. Biroq, xuddi shunday natija 
berishi mumkin bo’lgan boshqa choralar ham mavjud. Masalan, sudyalarga qo’shimcha 
yordamchi xodimlar berilishi mumkin hamda ushbu xodimlarga sudyalar qilishi lozim 
bo’lgan ba’zi ishlar topshirilishi mumkin. Boshqalar esa sudni kichkina qism yoki bo’limlarga 
bo’lishni tavsiya qilishi mumkin. Bundan tashqari, ishni ko’rish jarayonini tezlashtirish 
uchun protsessual islohatlar ham joriy etilishi mumkin. Masalan, og’zaki eshitishlarni bekor 
qilish, ishlarning turiga qarab turli xil protsessual jarayonlarni joriy qilish kabilar bularga 
misol bo’ladi.
Oliy sudga keladigan ishlarni kamaytirish muammosiga kelganda, ishalarni saralash 
mexanizmiga qiyosiy huquq izlanishlarida ko’p e’tibor beriladi. Bunday saralash 
mexanizmining muhim jihatlari sifatida saralash asoslari, saralash protsessi hamda ushbu 
saralash sud qarorini chiqargan quyi sudning o’zi tomonidan amalga ishiriladimi yoki Oliy 
sud tomonidan amalga oshiriladimi kabi jihatlarni keltirib o’tish mumkin.
Ushbu ikki xil yechimdan boshqa ko’rinishdagi choralar ham mavjud. Ba’zi sud 
tizimlarida ishni ko’rishni kechiktirishni oldini olish choralariga alohida e’tibor beriladi. 
Bunda odil sudlov sifatiga putur yetsa ham, ishlarni ko’rishning o’z vaqtida amalga 
oshirilishi muhim hisoblanadi. Sud qarorlariga nisbatan shikoyat qilish huquqiga katta urg’u 
beriladigan huquq tizimlarida saralash mexanizmini muhokama qilish juda qiyindir. Ba’zi 


UKRAINIAN SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE: 
“MULTIDISCIPLINARY
SCIENTIFIC RESEARCH, MODERN VIEWS AND SCIENTIFIC RESEARCH”
4
Yüklə 366,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin