9. Xayrullayev M., Haqberdiyev M. Mantiq. – T., 1993.
10. Xalin S.M. i dr. Logika. Uchebnoye posobiye. Tyumen 2005.
11. Sharipov M., Fayzixо‘jayeva D. Mantiq: О‘quv qо‘llanma. – T., 2004.
12. Falsafa qisqacha izohli lug‘at./M.N.Abdullayeva va boshq.; – T., 2004.
13. Yuridik ensiklopediY./ prof.U.Tadjixanovning umumiy tahririda.; – T., 2001.
TUSHUNCHA TA’RIFI
TUSHUNCHA – deb narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida ifoda etuvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Qisqa qilib aytganda, tushuncha obyektiv voqelikning inson ongidagi obrazidir.
Tushuncha bilish quroli, bilish vositasidir.
TUSHUNCHA SHAKLLANISHINING MANTIQIY USULLARI. (JINOYAT HODISASI MISOLIDA KО‘RIB CHIQISH)
TAQQOSLASH – muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab, ushbu predmetning boshqalar bilan о‘xshashligi yoki farqini aniqlash. Masalan: Tergovchi jinoyat joyini kо‘zdan kechirishda eng avvalo tajribasida oldin duch kalgan boshqa jinoyat belgilariga qiyoslashga harakat qiladi.
MANTIQIY ANALIZ – tadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib о‘rganishdir. Masalan: Tergovchi hodisa sifatida olingan jinoyatning mohiyatiga yetib borish uchun uni turli xil versiya (tusmol)lar asosida tahlil qilib kо‘radi.
SINTEZ – tergovchiningyaxlit hodisa sifatida olingan jinoyatni tahlil qilish yordamida uning bо‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran tо‘plab, yaxlit holda о‘rganishidir. Bu jаrayonda fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi.
MAVHUMLASHTIRISH– jinoyat hodisasining ikkinchi darajali, muhim bо‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim va asosiy umumiy tomonlarini aniqlash.
UMUMLASHTIRISH –jinoyat hodisasining о‘xshash hamda muhim belgi yoki xususiyatlari о‘rtasidagi bog‘lanishlariga kо‘ra uni jinoyatning muayyan turiga birlashtirish jarayoni va uning natijasidir.