3-мавзу. Тушунча


TUSHUNCHANING MAZMUNI VA HAJMI



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#167988
1   2   3   4   5   6   7   8
Тушунча 7 мавзу

TUSHUNCHANING MAZMUNI VA HAJMI
TUSHUNCHANING MAZMUNI - bu narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining yig‘indisidir.
TUSHUNCHANING HAJMI - bu uning mohiyatini tashkil etuvchi predmetlarning yig‘indisidir.

TUSHUNCHA HAJMI VA MAZMUNI О‘RTASIDAGI TESKARI NISBAT QONUNI

  • Tushunchalarning hajmi va mazmuni о‘rtasidagi teskari nisbat qonuni – narsa va hodisalarning faqat bir xildagi jins va tur guruhlariga oid munosabatlardagina amal qilinib, unga kо‘ra tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi esa mazmunning boyishiga olib keladi.
  • Masalan:
  • «Jinoyat» tushunchasi – hajmi keng, mazmunini ifodalovchi muhim belgilari ham nisbatan mavhum.
  • «О‘g‘irlik» tushunchasi – hajmi jihatidan jinoyatdan torroq, lekin mazmunan boyroqdir.

TUSHUNCHA HAJMIGA KО‘RA TURLARI

  • Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalardir.
  • Yakka tushunchalar – ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi.
  • Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir.
  • Tо‘planma tushunchalar – bir tо‘plam, bir guruh predmetlarning bir butun yaxlit holatda aks etishidir.
  • Chegaralangan tushunchalar – tushunchalarning narsa va hodisalarni hisoblash imkoniyatini vujudga keltiruvchi xislatga ega bо‘lishi. Chegaralanmagan tushunchalarda tarkibidagi narsa va hodisalarning son-sanoqsiz holati namoyon bо‘ladi.

TUSHUNCHA MAZMUNIGA KО‘RA TURLARI

  • Aniq tushunchalar – obyektiv borliqdagi moddiy holatda mavjud bо‘lgan narsa va hodisalarni real aks ettiruvchi tushunchalardir.
  • Mavhum tushuncha, deb narsa va hodisalarni sifatlari yoki munosabatlarining belgisi predmetning о‘zidan ajratilib, mustaqil holda aks etuvchi tushunchalarga aytiladi.
  • Ijobiy tushunchada esa narsa va hodisalarga xos sifatlarning mavjudligi ifodalanadi.
  • Narsa va hodisalarga muayyan sifatlarning mansub emasligi salbiy tushunchalarda qayd qilinadi.
  • Nisbatli tushunchalar – buyumlarning о‘zga buyumlar bilan muayyan aloqadorlikda mavjud ekanligini ifodalaydi.
  • Nisbatsiz tushunchalar – buyumlarning mustaqil mavjudligini ifoda etadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin