Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u



Yüklə 396 Kb.
səhifə1/5
tarix08.02.2023
ölçüsü396 Kb.
#83393
  1   2   3   4   5
Gapning ajratilgan bo`laklari

GAPNING AJRATILGAN BO`LAKLARI

Takrorlash - bilimlarning onasi

  • 1. Har bir gap bo’laklarga ajratiladi.
  • 2. Berilgan mashqlardagi gaplar tarkibida bir bo’lakning ikki martadan nomlanib – ajratilib kelgani bo’lsa, ular aniqlanadi va tahlil qilinadi.
  • 3. Bunday bo’laklarning gap tarkibida qanday vazifa bajarayotgani va gap tarkibida nima sababdan qatnashgani aytiladi va tahlil qilinadi.
  • 4. Gaplar tarkibida aniqlovchi qay tarzda ajratiladi va qanday vazifa bajaradi?
  • 5. Aniqlovchining turlari gapda qanday ajratiladi?
  • 6. Ajratilgan aniqlovchining turlari qatnashgan gaplarga talabalarning o’zlari badiiy adabiyotlardan topib kelgan misollarni o’qishadi va tahlil qilishadi.
  • 7. Ajratilgan to’ldiruvchi haqida gapiring, uning turlariga topilgan misollarni o’qing.
  • 8. Ajratilgan hol deb nimaga aytiladi va holning qaysi turlari ajratilishi to’g’risida ayting.
  • 19. Badiiy adabiyotlardan holning turlari ajratilishiga misollar ayting va tahlil qiling.
  • 10. Keltirilgan misollarga asoslanib ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklarning gapda tutgan mavqei to’g’risida fikrlar bildiriladi.

Gapning ajratilgan bo`laklari

  • Reja:
  • 1. Gapning ajratilgan bo`laklari haqida umumiy ma’lumot.
  • 2. Ajratilgan aniqlovchilar.
  • 3. Ajratilgan izohlovchilar.
  • 4. Ajratilgan to’ldiruvchi.
  • 5. Ajratilgan hol.

Gapning ajratilgan bo`laklari

  • Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.Yoqubov). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov).
  • Birinchi gapda «qo`sh yong`oqning tagida» o`rin holi o`zidan oldin kelgan «soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o`zidan oldin kelgan «biz» so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida qo`llangan.
  • Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan o`tkazib yubordi. (O.YOqubov).
  • Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
  • Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin.
  • Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
  • 1. Ajratilgan aniqlovchilar.
  • 2. Ajratilgan izohlovchilar.
  • 3. Ajratilgan to`ldiruvchilar.
  • 4. Ajratilgan hollar.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin