Ajratilgan aniqlovchilar - Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
- Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo`rttirib ko`rsatish uchun ajratiladi. Masalan, «Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi». (S.Soliev) gapida «yalangbosh» sifatlovchisi shaxsning («Muxtor») belgisini bo`rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.
- Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o`zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo`li bilan ajratiladi. Masalan: To`g`ri, uning yozganlari, aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo`lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po`lat). Bu gapda «aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o`zidan oldin kelgan qaratuvchining («yozganlari» so`zining) ma’nosini izohlab, bo`rttirib kelgan.
Ajratilgan izohlovchilar - Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o`zingiz juda aqlli, o`zi uzoqni ko`radigan odamsiz. (S.Soliev). Ko`rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o`zbekcha cho`kkaydi. (Oybek). Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov).
Ajratilgan to`ldiruvchi - Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
- 1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
- 2. Oddiy gap bo`lagi oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
- Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan birga va shu kabi ko`makchilar yordamida shakllanadi:
- Oddiy gap bo`lagi shaklidagi to`lidiruvchilar, o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas ko`ylak juda yarashibdi. (YO.SHukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Onaqo`ziga qarshi qaratilgan edi. (O.YOqubov). Bunday qarasa, biri – dadasining o`z qo`li bilan yozilgan xat, ikkinchisi dadasi xizmat qilayotgan qism komandiri – polkovnik tomonidan yozilgan xat ekan. (H.Nazir). Ana shu sanoqli kishilar orasida operatsiyaning harbiy jihatini – etkazib berishni ta’minlagan kapitan ham bor edi. (A.CHakovskiy).
- Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
- Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
- 1. Ajratilgan bo`laklar, odatda, vergul bilan ajratiladi. Masalan: Biz, tibbiyot xodimlari, xalqqa jon-dildan xizmat qilamiz. (S.Soliev).
- 2. Ajratilgan bo`laklarning tarkibi keng bo`lsa yoki uning ichida verguli bo`lsa, bunday ajratilgan bo`laklar tire bilan ajratiladi. Masalan: Kotiba qiz – Ulfatoy o`rta bo`yli, oq yuzli, yonoqlari loladay, qop-qora qosh-ko`zli ayol – choynakda choy ko`tarib kirdi... (S.Soliev).
-
Dostları ilə paylaş: |