Oddiy kategorik (qat’iy) sillogizm (yunoncha, hisoblamoq, sanamoq, degani) – bu vositali deduktiv xulosa chiqarishning asosiy turi bо‘lib, ikki yoki undan kо‘p oddiy qat’iy hukmlar (asoslar)dan xulosa chiqarilishga aytiladi.
Oddiy kategorik (qat’iy) sillogizm (yunoncha, hisoblamoq, sanamoq, degani) – bu vositali deduktiv xulosa chiqarishning asosiy turi bо‘lib, ikki yoki undan kо‘p oddiy qat’iy hukmlar (asoslar)dan xulosa chiqarilishga aytiladi.
Oddiy qat’iy sillogizmning tarkibi uch qat’iy hukmlardan: ikki asos va bir xulosa, ya’ni uch termindan iborat bо‘ladi.
Sillogizmning kichik termini (S) xulosa subyektidagi tushunchaga, katta termini (R) xulosa predikatidagi tushunchalarga tо‘g‘ri keladi. Sillogizmning har ikkala, katta va kichik asoslarini bog‘lovchi, lekin xulosada ishtirok etmaydigan tushuncha – о‘rta termin deb atalib, lotincha (M) harfi (lotincha «medius» – о‘rta) bilan belgilanadi.
Ayblanuvchi (M ) о‘z himoyachisi bо‘lish huquqiga ega (P)
Gusev (S) — ayblanuvchi ( M)
Demak, Gusev (S) о‘z himoyachisi bо‘lish huquqiga ega (P)
(Asos hukmlarda о‘rta terminning joylashuvi sillogizmning figuralarini belgilab beradi. Mazkur misolda sillogizmning birinchi figurasi namoyon bо‘lgan).
I II III IV M P P M M P P M S М S M M S M S SILLOGIZM FIGURALARI
Murakkab hukmlardan tuzilgan xulosa
1. Sof shartli xulosa - ikki asos va xulosani shartli hukmlardan tashkil topgan vositali xulosalashga sof shartli xulosa chiqarish deyiladi
2. Shartli-qat’iy (kategorik) xulosa chiqarish -asoslardan biri shartli, ikkinchisi va xulosa qat’iy hukmlardan iborat bо‘lgan xulosalashga shartli-qat’iy xulosa chiqarish deyiladi.
3. Ayiruvchi qat’iy xulosa - asoslaridan biri ayiruvchi, qolgan asoslari va xulosasi qat’iy hukmdan iborat bо‘lgan xulosalashga ayiruvchi qat’iy xulosa chiqaruvchi deb aytiladi.
4. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish -asoslarning biri shartli, boshqasi ayiruvchi hukmlardan iborat bо‘lgan xulosalashga shartli-ayiruvchi xulosalash deyiladi.