Bilim ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari reja



Yüklə 53,88 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü53,88 Kb.
#116418
  1   2
Bilim ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari


Bilim ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari
REJA:
  • Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhlari
  • Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari.
  • Bilim ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari

  • Bajardi: Nayimova Sojida

Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
  • falsafiy tushunchalar;
  • xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar. Didaktika uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama-qarshilik», «bog’liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • 1) ta’lim — o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
    2) dars — bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;

3) bilim olish — idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
4) ta'lim jarayoni — o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
5) o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda o'zida muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta'lim mazmuni — davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada «idrok etish», «o'zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qo'llaniladi.
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma'lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
  • An’anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
  • Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
  • Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
  • Texnokratik paradigma.
  • Ezoterik paradigma.

Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv-madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi.
  • Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
  • Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.

  • Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:
  • ijtimoiy institut sifatida o'quv muassasalarining vazifalari;
  • ta'limning samarali tizimi;
  • o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
  • ta'limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
  • muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahs talab mavzu bo’lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o'quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o’quvchilarning o'zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o'quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko'nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Og’zaki javob berishda «4» baho qo’yiladi, agar: a) o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar bersa; b) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; d) o’qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan xatolarga yoki ba'zi to'liq bo'lmagan javoblarga yo’l qo’ysa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo’yiladi, agar: a) masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo'lmasa; b) topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo'lmagan bir-ikki xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo'lsa.

Yüklə 53,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin