5»baho qo’yiladi,agar: a) o'quvchi dasturdagi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; e) egallangan bilimlarni amalda erkin qo’llay olsa; g) o'rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa.
«4»baho qo’yiladi, agar:a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o'qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; e) egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o'qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo'lmagan xatoga yo'l qo'ysa.
«3»baho qo’yiladi, agar:a) o’quvchi o'rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o'qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o'zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; e) yozma ishda xatolari bor bo'lsa.
«2» baho qo’yiladi, agar:a) o’quvchi o'rgaPnilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o'zlashtirmagan, b) yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo'ysa.