4- mavzu. Matn hosil qiluvchi aloqa vositalari Aloqaning mantiqiy vositalari Matn tuzilishidagi asosiy qoidalar Matn yaxlit nutqiy asar bo‘lib, boshlanish, fikrlarni ochib berish tuzilmasi va tugallanishlarga ega.
1. Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida berilgan birlikda yagona mavzudagi hikoya bo‘lishini nazarda tutadi. Bu mavzu sarlavha sifatida berilishi mumkin. Matnga sarlavha qo‘yish murakkab, chunki u bir tomondan butun matnnning mazmunini aks ettirishi, ikkinchi tomondan adresatga tushunarli bo‘lishi kerak.
2. Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak,uch qismdan iborat reja asosida – bosh qism, o‘rta qism (fikrni ochish) va xotima qismlaridan tuzilgan bo‘lishi kerak.
Bosh qism o‘quvchi, eshituvchini bevosita matnning asosiy mazmunini qabul qilishga tayyorlaydi. Unda hikoya mavzusi shakllanadi. O’rta qismda bu mavzu rivojlanib boradi. Xotima qismi mazzuni ochib berishga yakun yasaydi.
Kompozitsiyaning har uchchala qismi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda maxsus til vositalari yordamida aks etadi. Fikrning boshlanishi, bir fikrdan boshqasiga o‘tish, mavzuning yakuni kabilarning ma’lum bir shakllari mavjud. Ular boshlanish va xotima qismlarida barqaror bo‘ladi.
Maktablardagi insholarda boshlanish va xotima funksiyasini, odatda, zaruriy bo‘lgan kirish va xulosa qismlari bajaradi. Maktablardagi insholarning asosiy xatoliklaridan biri yo boshlanish va xotimaning yo‘qligi yoki kompozitsiyaning bu elementlari bilan matnning asosiy mazmunidagi bog‘liqlikning yo‘qligi.
Fikrni ochib berish ia’lum bir mantiqiy sxema asosida quriladi. Unga tezis (muallif o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya) va dalillar (muallif tezisini tasdiqlovchi isbotlar, misollar, illyustratsiyalar) kiradi.
3. Katta va murakkab matnlar ichida tarkibidagi komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin– murakkab sintaktik butunlik (katta matnda boblar, paragraflar va b.). Bu matnda mikromatnni ochib beruvchi bir guruh gaplar bo‘lib, boshlanish, fikrlar rivoji va xotimalarga ega bo‘ladi. Bir murakkab sintaktik butunlik doirasida har bir keyingi gap avvalgi gapdan kelib chiqqan savolga javob beradi. Keyingi gapga savol berib bo‘lmaslik murakkab sintaktik butunlik tugaganini anglatadi.