Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#180761
  1   2   3   4   5   6
Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus-fayllar.org


Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus

Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar
1-Kazus
Fuqaro M.Boltayev oʻz oilasi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun oilaviy korxona tashkil qilgan edi. U shu tumanda joylashgan "Chicken star" MChJ bilan sut va goʻsht maxsulotlari yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagan edi. Shartnoma shartlariga koʻra M.Boltayev xar oyda 2000 litr sut va 1000 kg mol goʻshtini yetkazib berishi kerak edi. Goʻsht va sut savdosi bilan shugʻullanadigan “Chicken star” MChJ esa bu tovarlar pulini xar oyning boshida va oʻrtasida ikkiga boʻlib toʻlashi lozim edi. Ammo M.Boltayev shartnoma shartlarini buzib bir necha oy davomida kelishilgan maxsulotni yetkazib bermadi. Natijada “Chicken star” MChJ yetkazilgan zararni undirish uchun sudga murojaat qildi. Sud yetkazilgan zarar M.Boltayevning oilaviy korxonasining mulkidan undirish, bu mulk yetmagan summa esa oilaviy korxona ishtirokchilari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarning mulkidan subsidiar tarzda undirish xaqida qaror chiqardi. Oilaviy korxona raxbari M.Boltayev esa sudning bu qarori ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilib, zarar faqat oilaviy korxonaning mulkidan undirilishi kerakligini aytdi. Yuqori instansiya sudi esa quyi instansiya sudining qarorini qisman oʻzgartirib, faqat oilaviy korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarni mulkidan undirilsin degan qismini bekor qildi. Qolgan qismini esa oʻzgarishsiz qoldirdi.
Vaziyatni qonunchilik asosida tahlil qiling.
Tadbirkorga xiyonat qilgan- siyosatimizga

xiyonat qilgan bo‘ladi.


(Shavkat Mirziyoyev)
Men ushbu kazusga IRAC usulida javob yozmoqchiman.
Issue-muammo.
Avvalo, kazusga huquqiy baho berishda quyidagi savollarning mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir:
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, Oilaviy tadbirkorlik nima?
2. Shartnoma nima?
3. Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga ta’rif bering?
4. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari?
5. Oilaviy korxonaning mol-mulki deganda nima tushuniladi?
6. Quyi instansiya sudining qarori qonunga muvofiqmi?
7. M.Boltayevning quyi instansiya qaroridan norozi bo‘lib yuqori instansiya sudiga murojaat qilishi huquqiy asosga egami?
8. Yuqori instansiya sudining qarorini qonunga muvofiqmi?


Rule-qonun. Kazusga tahliliy javob berishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan va adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
➢ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
➢ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
➢ “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
➢ Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi qarori

Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin