29-Mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish Reja


-yo'nalish. O’qituvchi kasbiga oidlari



Yüklə 26,16 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü26,16 Kb.
#122275
1   2   3
29-mavzu

1-yo'nalish. O’qituvchi kasbiga oidlari:

  • o'z ishiga, kasbiga oid chuqur bilimlarni egallash;

  • davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar, qonunlarni bilish;

  • pedagogika, psixologiya va xususiy metodikani o'rganish;

  • bolalar jamoasi va shaxsi haqidagi bilimlarni o'rganish;

  • ilg’or tajribani o'rganish va o'z ishida tadbiq etish;

  • o’z ustida ishlash va o'z-o'zini tarbiyalash.

2-yo'nalish. O’z mahorat elementlarini xosil qilish:

  • o’z ishiga kerakli bo'lgan va pedagogik mahoratini oshirishdagi ko'nikma va malakalarni egallash;

  • o'z kuchi va qobiliyatinn to'g’ri ishlata olishi;

  • o'z vaqtida kerakli va to'g’ri qaror qabul qilish.

3-yo'nalish:

  • ishlash sharoiti va jamoadagi ma'naviy holat;

  • jamoadagi psixologik holat;

  • ijodiy yondashuv;

  • insonparvarlik;

  • rag’batlantirish;

  • gigiena qoidalariga rioya qilish;

  • kunni to'g’ri tashkil etish.

4-yo’nalish. O'qituvchining o'z mehnatini ilmiy asosda tashkil etish uchun unda ma'lum darajada pedagogik fazilatlar bo'lishi kerak:

  • kim bilan ishlayotganini aniq bilishi uchun ular hayoti haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish;

  • o'z xohish va maqsadini aniq bilish;

  • o'z oldiga vazifa qo'ya olish;

  • kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish;

  • har ishning holatini tahlil qila olish;

  • metodik qo'llanmalarni o'rganish va ularni to'play olish;

  • vaqtni to'g’ri taqsimlash.

Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o'qituvchiniig kun tartibi va ish joyi muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi o'zi uchun eng optimal, yuqori unum beradigai kun tartibini topa olishi kerak. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishga qo'yiladigan talablarni I. P. Radchenko, R. Rasulova (Tashauzlik olima) tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning tavsiyasiga ko'ra pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning muhim talablari bu:

  • asosiy ishlarni rejalashtirish, faolligini uyushtirish;

  • unda qatnashayotganlarning kuchini yagona maqsadga bo'ysundirish;

  • rag’batlantirish;

  • operativ nazoratni hisobga olish.

Ishni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiriladigan barcha faoliyat turlarini unda qatnashayotgan jamoa a'zolarini umumiy pedagogik maqsadga bo'ysundirishni ko'zda tutadi, bunda yaqin, o‘rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko‘zda tutiladi.
Shunday qilib, o‘qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi asbobdir. U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, salomatlik yo‘qolib boradi. Natijada o‘qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yo‘qoladi, oqibatda sifati kasayadi, Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o‘qituvchilarning o‘z mehnatini almiy tashkil etish vazifasini hal etishga qo‘yilgan qadam bo‘ladi. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish shartlaridan yana biri ish o‘rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir. O‘qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo‘lib, mehnat unumining yuqori bo‘lishiga ta'sir etadi. O‘qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgalanadi.
Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasida mehnat sharoiti deganda insonning mehnat qilayotgan joyi, konkret vaziyat ko‘zda tutiladi. Yana unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va gigienik omillar ham ta'sir etadi.
Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra bilishda va aniqlay olishdadir. Shundagina ishni ilmiy tashkil etish mumkin bo‘ladi. Bu o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning 1-tamoyilidir.

Yüklə 26,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin