35.Malumotlar bazasi nima Maʼlumotlar bazasi — markazlashtirilgan maʼlumotlar ombori. Maʼlumotlarni oʻqish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan. O´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi
36.Ma’lumotlarning ierarxik modeli deganda nimani tushunasiz
37.Malumotlarning Tarmoqli tizimlari
38.Malumotlarning relyatsion modeli
39.Birlamchi kalit
41.Qanday mantiqiy operatorlarni bilasiz? Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:
And — kon’yunktsiya (mantiqiy И-YOKI);
Or — diz’yunktsiya (mantiqiy ИЛИ-VA);
Not — mantiqiy inkor;
Хоr — ИЛИ-VA ni rad etuvchi;
Eqv — mantiqiy ekvivalentnlik;
Imp — mantiqiy implikatsiya. Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo‘lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, har doim ikki operand ustida bajariladi.
42.Agregat funksiya deganda nimani tushunasiz? SQL agregat (guruh) funksiyalari ustun qiymatlaridan bitta natija qiymatini olish uchun qo'llaniladi. Sodda qilib aytganda, ushbu funktsiyalardan foydalanib, ustun qiymatlari to'plamidan bitta qiymatni olamiz. Masalan: barcha qiymatlarning yig'indisi, minimal, maksimal yoki o'rtacha qiymat, shuningdek jadvalning qatorlarini hisoblash.
Agregat funksiyalar jadvaldan yig’ilgan axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu funksiyalari jadvaldagi satrlar guruhi bilan amal bajarib, bitta natija chiqaradi. Agregat funksiyalar uchun quyidagi amallarni ishlatamiz.
Count - jadvaldagi satrlar sonini aniqlab beradi.
SUM - ko’rsatilgan maydon qiymatlarini yig’indisini hisoblaydi.
AVG - tanlab olingan maydon qiymatlarini o’rta arifmetigini hisoblaydi.
MAX (MIN) - tanlab olingan maydon qiymatlarini eng kattasini (kichigini) topib beradi.
SELECT so’rovida agregat funksiyalar maydon nomlari kabi ishlatiladi. Maydon nomlari funksiyalar argumentlari sifatida keladi. SELECT SUM (amt) FROM Orders; Agregat funksiyasini ishlatishda kalit so’zlardan ham foydalanish mumkin. Ana shunday kalit so’zlardan biri GROUP BY kalit so’zidir. Bu kalit so’z maxsus maydonlarda boshqa maydon terminlaridan foydalangan holda agregat funksiyalarini ishlatish imkoniyatini beradi. Bu SELECT operatorida agregat funksiya va maydon nomlarini bitta SELECT buyrug’ida ifodalash imkoniyatini yaratadi. Masalan, siz har bir sotuvchining eng qimmat qiymatda sotgan mahsulotini ko’rmoqchisiz. Buni siz har bir sotuvchini alohida tanlab (SALESPEOPLE jadvalidan), uning sotgan mahsulotlari ichidan eng qimmatini topish yo’li bilan ham aniqlashingiz mumkin. Ammo GROUP BY kalit so’zi buni bitta SELECT operatorida birlashtirib, yengil bajarish imkonini beradi: SELECT snum, MAX (amt) FROM Orders GROUP BY snum; GROUP BY funksiyasini bir nechta maydonlar ishtirokida ham ishlatsa bo’ladi. Masalan, siz har bir sotuvchining har bir kundagi eng ko’p savdo summasini ko’rmoqchi bo’lsangiz, quyidagicha so’rov berishingiz mumkin: SELECT snum, odate, MAX (amt) FROM Orders GROUP BY snum, odate; SQL tilida agregat funksiyalardan tashqari yana bir qancha funksiyalar ham ishlatiladi va ular quyidagicha sinflashtiriladi: