43.Predikat yoki funksiya MBni boshqarish deganda, mavjud yozuvlarni o’zgartirish, jadvallardan keraksiz
yozuvlarni olib tashlash, MB jadvallariga yangi yozuvlarni qo’shish, jadvallarga
yangi ustunlar qo’shish (keraksiz ustunlarni olib tashlsh), jadval nomlarini
o’zgartirish kabi amallar kiradi. SQL muhitida tashkillashtirilgan MB jadvallaridagi ma’lumotlarni o’zgartirish
uchun UPDATE (o’zgartirish) buyrug’idan foydlaniladi. Bu buyruqda jadval nomini
ko’rsatishdan tashqari, SET (aniq ustun qiymatilarini bildiradi) kalit so’zii ham
ishlatiladi. Masalan, hamma buyutmachilarning reytingini 200 ga o’zgartirish uchun
quyidagi buyruqni berish mumkin:
UPDATE Customers SET rating = 200;
Bu buyruqda jadvaldagi hamma qator qiymatalrini emas, ayrim qatorlarni tanlab
o’zgartitish ham mumkin. Bunung uchun predikatlardan foydalanamiz. Masalan,
sotuvchi Peel xizmat ko’rsatadigan barcha buyutmachilarning reytingini 200ga
o’zgartirish uchun, quyidagi buyruqni beramiz:
UPDATE Customers SET rating = 200 WHERE snum = 1001;
Siz UPDATE buyrug’ida ifodalardan foydalanishingiz ham mumkin.Masalan,
barcha sotuvchilarning ustamalarini ikki baropbar oshirmoqchisiz. Bunung uchun
quyidagicha buyruq berishungiz mumkin: UPDATE Salespeople SET comm = comm * 2;
44.SQL da xavsizlik Xavfsizlik tizimi funksiyalari:
SQL muhitida foydalanuvchilarning ma’lumotlarga nisbatan xavfsizligini
ta’minlash uchun bir qancha funksiyalar mavjud. Shulardan asosiylarini ko’rib
o’tamiz.
SQL Serverda xavfsizlikni o’rnatish uchun quyidagi funksiyalar ishlatiladi:
• GRANT - ob’yekt uchun bajarilshi mumkin bo’lgan vazifalarni, buyruq
orqali bajarishga ruxsat berishni o’rnatadi;
• REVOKE – ob’yekt va buyruqlar uchun o’rnatilgan imtiyozlarni bekor
qiladi;
• DENY – ob’yekt bilan har qanday amal bajarishni taqiqlaydi (shunu
aytish kerakki, REVOKE buyrig’i faqat imtiyozlarni olib tashlayi).
Foydalanuvchiga ruxsat olish funktaiyalarini quyidagi buyruqlar amalga
oshiradi:
CREATE DATABASE — ma’lumotlar bazasini yaratish huquqi;
CREATE DEFAULT — jadval ustunlari uchun standart qiymatlarni
o’rnatish huquqi;
CREATE PROCEDURE — saqlanadigan protseduralarni yaratish huqiqi;
CREATE ROLE — jadval ustunlari uchun qoidalarni o’ranish huquqi;
CREATE TABLE — jadvallarni yaratish huquqi;
CREATE VIEW — ob’ekt tasvirlarini yaratish huquqi;
BACKUP DATABASE — zahira nusxalarni yaratish huquqi;
BACKUP TRANSACTION — tranzaktsiyalar zaxira nusxasini yaratishhuquqi