Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 4-son
293
hozirdanoq kreativ
tafakkurni rivojlantirishga
qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni
maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va
kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas,
balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz
va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingiz-
dadir”, - deb ta’kidlaydi [10].
N. Rojers shunday deb yozadi: “Ijodkorlik –
muammolarning yangi yechimlarini topish yoki
ifodalashning yangi
usullarini kashf etish qobi-
liyati; biror narsani jonlantirish shaxs uchun
yangi». Ijodiy jarayon – bining hayot energiyamiz,
va buni bir marta boshdan kechirgan kishi endi
usiz yashay olmaydi[11].
Tadqiqot
metodologiyasi.
Tadqiqotda
ma’lumotlarni
guruhlash, taqqoslash, mantiqiy
fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, analiz va siztez, in-
duksiya va deduksiya
usullaridan keng foyda-
lanildi.
Tahlil va natijalar.
Ba’zi boshqaruv lavo-
zimlari, ayniqsa, marketing,
tadqiqot va ishlan-
malar, san'at va davlat sektori ijodkorlikni talab
qiladi. Mavjud yechimlar samaradorlik va kuchga
ega bo‘lmaganda, ayniqsa, ijodiy yondashuv talab
etiladi. Mavjud mahsulot va xizmatlarni ko‘rib
chiqish va ularni yaxshilash yo‘llarini topish za-
rur bo‘lganda yoki natijalarga erishish uchun
mutlaqo yangi yechimlar va g‘oyalarni topish ke-
rak bo‘lganda kerak. Ijodkor shaxs har birimizda
yashaydi, lekin ularning
ijodiy qobiliyatlarini
yuzaga chiqarishda bir qancha “to‘siqlar” mavjud.
Zamonaviy iqtisodiyotda shaxsning ijodkorligi va
ijodiy qobiliyatlari mutaxassisning muvaffaqiyatli
kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan muhim vako-
latlardir. Bu qobiliyatlardan biri boshqaruvga
ijodiy yondashishdir. Ishlari asosan muntazam
yoki turg‘un tashkilotlarda
jamlangan rahbarlar,
odatda, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlan-
tirish ehtimoli kamroq. Barkamol boshqaruv
qobiliyati yaxshi, lekin ijodiy fikrlash va uni bo‘-
lim yoki butun korxonani boshqarishda qo‘llash
ikki baravar yaxshi [12].
Boshqaruvdagi
ijodkorlik har doim ham
yuqori baholanmagan, ammo hozir u muhim qad-
riyatga aylanib, ahamiyati ortib borishi mumkin.
Ijodkorlik darajasi yuqori bo‘lgan rahbarlar odat-
da jadvalning o‘ng tomonida, kam ijodkorlik bilan
esa chap tomonda sanab o‘tilgan xususiyatlarga
ega bo‘ladilar (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: