2008-yil 28-oktyabrda “General Motors” (keyingio’rinlardaGM) korporatsiyasi va "O'zavtosanoat" AJ "General Motors Powertrain-Uzbekistan" dvigatellar ishlab chiqarishgaixtisoslashgan zavodni tashkil etish to'g'risida Bitim imzoladilar.
2011-yil iyul oyida kompaniya o'zining birinchi dvigatelini ishlab chiqardiva ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
2019-yil 25-oktyabrda "O'zvtosanoat" va GM, O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini aks ettirish maqsadidaQo’shmakorxonadan hamkorlikning yangi bosqichiga – Ittifoq tizimigao’tishgakelishishdi.
2019-yil 1-noyabrdan "General Motors Powertrain-Uzbekistan" o’z nomini o’zgartirdi va “UzAuto Motors Powertrain” deb nomalana boshlandi. Bugungi kunda kompaniyaning 100% aksiyalari "O'zavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi "UzAuto Passenger
2020-yil 24-iyul “UzAuto Motors Powertrain” o'zining 1 000 000-chi yubiley dvigatelini ishlab chiqardi.
nyo aviakompaniyalari biznikiday yonilg‘i yoqadi va shu samolyotlarni tasarruf qiladi, biletini biznikining yarim narxida sotadi hamda foyda ko‘radi. Bizning aviakompaniyamizda dunyodagi aviakompaniyalarniki kabi yonilg‘ida va ularniki kabi samolyotlarda uchamiz va biletlarimiz dunyo narxlaridan ikki barobar qimmat, lekin bizning aviakompaniyamiz bankrot holatida... Bu qanaqa iqtisod, birodarlar?!
Boshqa turli davlatlarda ham shu qismlardan mashina yig‘iladi va ular raqobatbardoshlidir, ularning mashinasi biznikidan arzon. Nega bizning avtozavodimizniki qimmatga tushadi?!
Balki, bizning avtozavod ishchilariga Yaponiya, Koreya yoki Turkiya zavodinikidan ko‘p maosh to‘lar? Yo‘q, ular maoshining beshdan birini ham bermaydi. Balki, u yerlarda elektr energiyasi, ijara haqi, yer qiymati, soliqlar biznikidan qimmatdir? Yo‘q, bizda bular besh-o‘n barobar arzon. Balki, bizning avtozavodimiz ulardan ko‘proq soliq to‘lar? Yo‘q, bizning avtozavodimiz yillar davomida deyarli barcha soliqlardan ozod qilingan.
Unda nega shuncha xarajati bilan ularning avtomobili arzon, shuncha imtiyozlar bilan bizniki qimmatga tushadi?», degan savollar meni ko‘p qiynaydi, o‘ylantiraveradi, dedi Karim Bahriyev.
Jurnalist savolga yana o‘zi javob berarkan, buning bosh sababi tizimning samarasizligi va korrupsiyalashgani ekanini aytdi.
«Korrupsiyaning sababi esa monopoliyaning mavjudligi va yasama proteksionizmdir.
Mahsulot qiymatini pasaytirish uchun xarajatlarni kamaytirish, yangi texnologiyalar kiritish va boshqa choralar ko‘rish o‘rniga har gal narx oshiriladi, ya'ni zavodning muammolari xalq hisobidan hal etiladi. Xalq boshqa arzon mashina olaman desa, yo‘liga to‘siqlar barpo etiladi, ya'ni «mahalliy ishlab chiqaruvchi himoyalanadi».
Zavodimiz bo‘lmay, chet el avtomobillarini bemalol olsak, xalqda tanlov bo‘lardi va arzon olardi. Davlatga ham bu zavoddan foyda yo‘q, chunki chetga sotgan mashinalarining valutasiga yangi mashinalari uchun butlovchi qism oladi. Soliq ham to‘lamaydi, ozod qilingan. Moliyaviy ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun davlat dividend ham ololmaydi. Qolaversa, kiradigan avtomobillarga bojlar miqdori kamaytirilsa, xalq o‘n minglab mashina olib kirardi va ulardan budjetga yuz millionlab valuta tushardi», – dedi u.
Karim Bahriyev suhbat davomida ko‘pchilik ekspertlar kabi o‘zbek avtomobilsozligi bir guruh shaxslar uchun daromad manbai bo‘lib qolayotganini urg‘uladi.
«Agar «avtomobilsozligimiz faxri»dan biror foyda bo‘lsa, buni hali biz yorug‘likka olib chiqolmayotgan bir guruh shaxslar ko‘radi. “Ish o‘rinlari yaratildi» deyishlari mumkin. Bu zavod bo‘lmasa, keladigan foydaga bundan yuz barobar ko‘p ish o‘rinlari yaratish mumkin»,
Jurnalist yaponlar yo nemislarning zavodlari kelsa va zavodlar o‘nta bo‘lsa-yu, mahalliy ishlab chiqaruvchiga imtiyozlar saqlanib qolinsa, ahvol baribir shu holicha qolaverishi mumkinligini ta'kidladi.
Unga ko‘ra, hukumat mashina olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini mo‘'tadillashtirishi kerak, toki xaridor yoki sotuvchi olib kirish va sotishdan foyda olsin. Shunda xaridor tanlab, maqbul mashinani maqbul narxda oladi.
«Bu mavjud zavodlarni xarajatlarni kamaytirishga, sifatni yaxshilashga, assortimentni ko‘paytirishga, raqobatga bardoshli bo‘lishga undaydi. Davlat budjeti olib kirilayotgan avtomobillar uchun boj to‘lovlaridan yuz millionlab dollar mablag‘ga ega bo‘ladi.
Chorak asr mobaynida ko‘rsatilgan «milliy ishlab chiqaruvchiga g‘amxo‘rlik”dan monopolistlar raqobatbardosh bo‘lmadi va yana yuz yil shu yo‘sinda davom etsa, o‘zgarmaydi. Faqat ashaddiy, oshkora va halol raqobat rivojlanishga majbur qiladi.
Yetar endi, deyilishiga qaramasdan, monopolist guruhlar «yana bir yil yo ikki yil onamni emib, o‘zimni tutib olay» deb tamshanadigan go‘dak kabi tarmashib turaveradilar, farog‘at holini saqlanib qolishi uchun lobbistlik nolishlarini to‘xtatmaydilar»,.