2ta student ketmoqda va bir-birlariga



Yüklə 18,51 Kb.
tarix06.02.2023
ölçüsü18,51 Kb.
#83091
FREE TIME 2-senariy davomi (1)


2ta student ketmoqda va bir-birlariga:
--- statistikani ko’rdingmi, Toshkent havosi ifloslanishda pokistondanam o’tib ketibdi, nimaga unaqa havo ifloslanib ketvotdi Toshkentda, nima deb o’ylaysan.
----Ey bunaqa narsalar bilan boshini qotirma o’ylaganing bilan havoni tozalab qo’yarmidin. Yur undan ko’ra playstationga.
Otajon: mana nima uchun bizni havoyimiz bunchalar ifloslanib ketdi va bu darajada etiborsizlikka yòl qoydik. Òzi bu darajada ifloslanib ketishi bizni hech havotrga solmayabdimi yani bu òzi tabiiy shakllangan jarayonmi yoki òz qòlimiz bn yaratdikmi? Balkim daraxtlarni ortiqcha kesilayotgani bunga sababchi emasmikin, òzi biz daraxtlar haqida qanchalik malumotga egamiz, ular hayotimizda qanchalik muhim ahamiyatga ega? Free timening aynan bu galgi soni mana shu savollarga javob beradi.
Ismim: Otajon Rustamov. Videoni oxirigicha tomosha qiling, like bosing va albatta qònģiroqchani yoqib qòyish esingizdan chiqmasin. Sizlarga foydali kontentlar ulashish uchun doimo harakatdamiz. Yaxshilab òrnashib oling.
Biz boshladik.

Tasavvur qilib ko’raylik, daraxtlarsiz hayot qanday bo’ladi, youtubdagi “what if” kanalida ko’rishimiz mumkinki, deylik barcha daraxtlarni kesish uchun barcha 15 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan insonlarga elektrik arra berilsa, har biriga 625ta daraxtlarni kesish buyurilsa, butun umum jahon insonlar sidqidildan bu topshiriqni bajarsa, biz bu topshiriqni 1yilga yetmasdan amalga oshiramiz. Endi biz bu kesilgan daraxtlarni nima qilamiz. Deylik, bulardan nimadirlar ishlab chiqardik , lekin hamma daraxtlar ham ishlatilmaydiku, ular qolib ketadi yoki chiriydi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa 35mlrd ha do’stlar 35 mlrd tonnali karbonat angidirid atmosferaga chiqib ketadi. Butun gazlar atmosferaga yoyiladi, natijada atmasfera zaharlanadi va qisqa muddat ichida yerdagi barcha jonzotlar nobud bo’ladi. Mayli, daraxtlar chopilmadi deylik, lekin ular o’z-o’zidan yo’q bo’li qolsa, keling, daraxtlarsiz biz nimalarga ega bo’la olamiz. Har yili o’rmonlar yong’inlari tufayli millionlab o’rmonlar yo’q boladi minglab binolar qulaydi va yuzlab insonlar shunchaki halok bo’lishadi. Yer yuzidagi eng xavfli o’rmon yong’ini Kaliforniyada sodir bo’lgan va buni oqibatida 18mingdan ortiq binolarni vayron qilgan va davlatni 16mlrd dollar yo’qotishiga sabab bo’lgan. Endi vaqt haqida o’ylaydigan bo’lsak, daraxtlarning yo’qligi dala-bog’ ishlaridan ozod ekanligimizni bildiradi. Va yana millionlab to’kilgan xazonlarni to’plash kabi ishlardan ham halos qiladi. Lekin omon qolish borasida o’ylab ko’radigan bo’lsak, daraxtlarsiz dunyoda nafas olish harqatdanam muammoga aylanadi. Har bir daraxt 10ta odam nafas olishga yetarli kislorod ish. Chiq. Va dunyo trillionlab daraxtlar bor va ular butun insoniyat uchun kerak bo’ladigan kislorodni ishlab chiqara oladi. Va daraxtlarsiz biz tezroq anglab yetishimiz mumkinki dunyoning havo sig’imi yetarli darajada kamayadi. Va bu to’liqligicha nafas olishimiz okeanlarga bog’liq ekanligini bildiradi. Yani dunyoga umumiy kislorodning yarmini okeanlar ta’minlaydi va daraxtlarsiz endi insoniyat nafas olishda juda kop muammolarga duch keladi. Chunki, okeanlar bizaga yetarli bo’lgan kislorodni taminlab berishga kuchi yetmaydi.


Agar biz yanada havoni ifloslantirishda davom etadigan bo’lsak, yanada ochiq aytadigan bo’lsak biz shu ishni qilishda davom ettiramiz va havoning sifati judayam pasayishda davom etadi. Muammomiz faqat kislorod emas, balki yangi uylarni qurishda juda katta muammolarga duch kelamiz, chunki uylarni daraxtlarsiz qurishga tog’ri keladi. Oddiy qilib gapiradigan bo’lsak, kichkina uy qurish uchun 1000lab yog’ochlar kerak bo’ladi. Diqqat mebellarchi, stol-stullarchi qog’ozlarchi va bu ro’yhatimiz hech qachon tugamaydi.
(Video)
2-qism
2ta student o’tiradi: daraxtdan nimadir boshiga taqetb tushadi va so’kmoqchi edim maaayli daraxt mendan kattaga o’xshayabdida.
--- albatta sendan kattada qara, ozi daraxtlar qanchalik muhim ekanligini va qanday mexanizmlar asosida ishlashini bilasanmi,
----yoqda qayerdan bilay hatto qiziqib ham ko`rmagan ekanman,
-------hech daraxt ham ekmagan bo`lsang keragov
--------nima zaril daraxt ekib eeeee
------you know sometimes I am lookin to eyes…..
Ha unda esht……..
--- dastavval quruqliklarda birinchi mayda o'simliklar mavjud edi. Bu juda uzoq, taxminan 470 million yil oldin edi. 350 million yil oldin esa, ko'plab turli xil mayda o'simliklar daraxtlarga aylana boshladi. Bular dunyodagi birinchi katta o'rmonlarni yaratdi
--- Daraxtga qaraganingizda, daraxtning taxminan 5 foizini barglari, 15 foizini poyasi, 60 foizini tanasiga va 20 foizini ildizlardan iborat ekanligini ko’rasiz
Mana uning ajabtovur qismi. Fotosintez deb ataladigan jarayon orqali barglar karbonat angidrid va suvni tortib oladi va quyosh energiyasini daraxtni oziqlantiruvchi shakar kabi kimyoviy birikmalarga aylantirish uchun foydalanadi. Ammo bu kimyoviy reaksiyaning yon mahsuloti sifatida kislorod daraxt tomonidan ishlab chiqariladi va hattoki bitta katta daraxt to'rttagacha odamni bir kunlik kislorod bilan ta'minlashi mumkin.
Daraxtlar, shuningdek, karbonat angidridni o'z tolalarida saqlaydi, bu havoni tozalashga yordam beradi va bu CO2 bizning atrof-muhitga olib kelishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlarni kamaytiradi. Arbor Day jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, bir yil ichida yetuk daraxt atmosferadan tahminan 22 kgdan ortiq karbonat angidridni o'zlashtiradi va buning o'rniga kislorodni chiqaradi.
Shunday qilib, keyingi safar havodan chuqur nafas olayotganingizda daraxtga minnatdorchilik bildiring yoki daraxtni quchoqlang, u bizga bergan narsa - biz nafas olayotgan havo uchun rahmat.

--- Eyyy nima qilyabsan,


---- daraxtga minnatdorchilik bildiryapman, o’zin aytdinku boya
---- eyy bo’ldi bo’ldi berilib ketma.
Yüklə 18,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin