Birlashmaga nisbatan kommutativlik qonuni qanday tushunasiz?
Birlashmaga nisbatan assosiativlik qonuni deganda nimani tushunasiz?
Kesishmaga nisbatan kommutativlik qonuni bilan assosiativlik qonuni bir biridan nima bilan farq qiladi?
Birlashmaga nisbatan distributivlik qonuni bilan kesishmaga nisbatan distributivlik qonunining qanday o‘xshashligi bor?
De Morgan qonunlarini bilasizmi?
Yutilish qonunlarida nima “yutiladi”?
Bir-biriga o‘xshash tengliklar deganda nimani tushunasiz?
Ikki taraflama (qo‘shma) tengliklar deb qanday tengliklarga aytiladi?
Qanday tengliklarga o‘zaro ikki taraflama (qo‘shma) tengliklar deymiz?
Ekvivalent tasdiqlar deganda nimani tushunasiz?
1 “Idempotens” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “idem” – shunday, “potens” – kuchli, ya’ni “o‘sha kuchga ega” yoki “o‘sha darajani saqlovchi” ma’nosini beradi.
2 Bu qonunni falsafadagi “inkorni inkor qilish qonuni” bilan qiyoslash mumkin.
3 Bu tenglik o‘rin almashtirish qonuni deb ham ataladi.
4 Bu tenglik gruppalash qonuni deb ham ataladi.
5 Umuman olganda, birlashma va kesishma amallari binar (ikki o‘rinli) amallar hisoblanadi.
6 Bu tenglik birlashmaga nisbatan taqsimot qonuni deb ham ataladi.
7 Bu tenglik kesishmaga nisbatan taqsimot qonuni deb ham ataladi.
8 De Morgan (Augustus de Morgan, 1806 (Hindiston) - 1871) – ingliz matematigi.