3- amaliy ish Mavzu: Riskni “Sabab-oqibat” usuli yordamida tahlili. Ishdan maqsad



Yüklə 135,81 Kb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü135,81 Kb.
#175035
1   2   3   4   5
1697893357 (1)

Nazorat savollari
1. “Sabab-oqibat bochka” tahlili tushunchasiga ta’rif bering.
2. “Sabab-oqibat bochka” tahlilida kо‘rsatilgan omillarini tushuntiring.
3. Ushbu usulni amalga oshirish tartibi qanday?
4. Usulning afzallik va kamchiliklarini tushuntirib bering?
4- amaliy ish
Mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili
Ishdan maqsad: Nosozliklar-daraxti usulidan foydalangan holda axborot xavfsizligidagi risklarni baholashni o’rganishdan iborat.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bо‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt kо‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bо‘lgan boshqa hodisalar bо‘lishi mumkin.
Qо‘llash sohasi
Agar boshlang‘ich hodisalar ehtimolining qiymati ma’lum bо‘lsa, ohirgi hodisani sodir bо‘lish ehtimolini hisoblashda baholash miqdorini, yakuniy hodisaga olib borilishini, rad etish sabablari va yо‘llarini aniqlashda sifatli baholash uchun rad etish daraxti usulidan foydalanish mumkin.
Mazkur usul rad etish sabablarini aniqlash uchun tizimni loyihalash bosqichlarida foydalanish mumkin. Shuningdek loyiha variantlarini tanlashda ham ishlatiladi. Asosiy rad etish turlari va oxirgi hodisaga olib borish yо‘llarining nisbiy ahamiyatini aniqlash uchun loyihani ishlab chiqish bosqichlarida FTA usulidan foydalanish mumkin. Shuningdek rad etish daraxti tadqiq qilinayotgan muvofaqiyatsizlikka olib keluvchi hodisalar kombinatsiyasini tahlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. 4.1-rasmda Elektroenergiyali dizel generatorini avtomatik ishga tushirilishi rad etilishi hodisasi tahlili keltirib o’tilgan.


Sifatli tahlil qilish uchun tizimni yaxshi bilish va rad etish sabablarini yaxshi tushunish zarur. Shuningdek yana tizim qanday qilib ishdan chiqishi mumkinligi haqida bilishi lozim. Rad etish daraxtining tizim detallaridan foydalanish ham samarali hisoblanadi.
Miqdoriy tahlilni amalga oshirish uchun rad etish daraxtida kо‘rsatilgan barcha asosiy hodisalarni rad etish ehtimolligi yoki intensivligi haqidagi ma’lumotlar kerak bо‘ladi.

Yüklə 135,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin