1. Rasm. ISO 9000 seriyasidagi standartlar kompleksining tuzilishi.
ISO 9000 seriyasidagi standartlar:
ISO 9000 «Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlashda standart tanlash va qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari»
ISO 9001 «Sifat sistemasi. Loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9002 «Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9003 «Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni ta’minlash modeli»
ISO 9004 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. Boshqaruv ko’rsatmalari».
1994 yil ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni yakunladi.
Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yadilar:
Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni ta’minlash;
Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta’minlash;
Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot ishlab chiqarilishidan qat’iy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon berish.
ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar kiritildi. Masalan, «Sifat halqasi» tushunchasi «Mahsulot hayot tsiklining tipik bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish» bosqichidan keyin qo’shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo’shildi. Hozir oltinchi bo’lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va moliyaviy ma’lumotlar elementlarini namoyon qilish va tahlil qilish uchun ma’lumotlar to’plashning turli usullari qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.
ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. Hozirgi kunda bu standartlar rus tiliga o’girilgan.
mahsulotlar savdosida jahon bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlarining pasayishi, mehnat unumdorligining sust o’sishi va real ish haqi o’sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi1”.
Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ular alohida yo’nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o’n yilga ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.
HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko’p hollarda iste’mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan.
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo’yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo’llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o’z ichiga oladi. Bunday yutuqlarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari – MSBBT, korxonalar va alohida bo’linmalar faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), ta’minotchilar bilan ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi amaliyotda dastlab Yaponiya yoki AQSH da emas, balki Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo’llanilgan.
SHubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy masalalari ko’p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.
korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini joriy etishda xo‘jalik subyektlari boshqaruv organlari vazifalarini tartibga solish, korporativ boshqaruv, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, shuningdek, sifatni boshqarish tizimini joriy etishda konsalting firmalarini tanlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayni vaqtda shuni anglash kerakki, barcha ta’kidlangan imkoniyatlarga birdaniga erishilmaydi, yetarli bir qancha vaqtda, balki bir necha yildan so’ng, qachonki, tashkilot o’zining ishlarini tashkillashtirishni haqiqatdan ham o’zlashtirgandagina erishiladi. Lekin birinchi vaqtda joriy qilingandan so’ng quyidagi ijobiy o’zgarishlar, ya’ni qator korxonalardan so’rovlarda aniqlangan:
firma obro’sini o’shishi;
bo’linmalararo o’zaro faoliyatni yaxshilanishi;
reklama uchun tizimga sertifikat qo’llanilishi;
mijozlar aloqasini kengayishi;
mahsulot raqobatbardoshligini oshishi;
nuqsonlar miqdorini kamaytirish;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
eksport imkoniyatini ta’minlash;
xodimlarni samarali tanlash.
Sifat menejmenti tizimining eng asosiy ahamiyatli omillaridan biri uni aniqlangan sertifikatlashtirish sxemalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishni tasdiqlash uchun qo’llash bo’lib hisoblanadi.
Xavfsizlikga talab va sifatga ixtiyoriy bo’lmagan emas, balki, ishlab chiqarishni yuqori tashkillashtirish bilan erishish. Tashkilotda foydalanilayotgan sifatni boshqarish jarayonlari tizimi mavjudligi, tashkilot tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshli bo’lishi va noishlab chiqarish yo’qotishlarni bartaraf qilishda foydalaniladi. Bu bozor sharoitida tashkilotda keragidan ham ko’p ishchilar ishlashi va qachonki foyda ishlar, xizmatlar va mahsulotlarni talab qilingan xavfsiz va sifatli bo’lishini ta’minlash o’rni bilan tashkilotni boshqaruvchi rahbariyat qarashlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi.
Bundan tashqari, biror bir tashkilot O’z DSt ISO 9001 talablariga muvofiq menejment tizimi tasdiqlanmasdan, xalqaro tenderlarda qatnashishga qabul qilinishi mumkin emas. Buyurtmachi tashkilotdan xavfsizlik bo’yicha maxsus talablar va umumiy, hamda shartnomada ko’rsatilgan, sifat bo’yicha buyurtmachining qo’shimcha talablari bajarilishi barqarorligini ta’minlash kafolatini talab qiladi. O’zbekiston Butun jahon savdo tashkiloti (BJST) (Vsemirnqy targovqy organizatsii - VTO)ga kirishi xorijiy hamkorlar uchun bizning bozorni kengroq ochish, xalqaro qoidalarni qabul qilish zaruriyatini hosil qiladi. Haqqoniy va samarasiz amaldagi tizimlariga tizim sertifikatining mavjudligi tashkilotni qutqarmaydi, u noishlab chiqarish yo’qotishlari singari kirib keladi. Mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash imkoniyati bo’lmasa, u ziyon yetkazishga olib keladi.
Tashkilot rahbarlari, xorijiy kompaniyalar bilan bir darajada muvaffaqiyatli ishlashni hoxlashsa, tashkilotda amalga oshirilayotgan, barcha jarayonlar sifatini boshqarishni o’zlashtirishi lozim. Agar jarayonlarni bajarish qoidalari va tashkiliy tartiblari rasmiy tavsiflanmagan (yozilmagan) va jarayonni amalga oshirishda sifat uchun javobgar shaxs yo’q bo’lsa boshqarish bo’lishi mumkin emas. Yuqori rahbariyat boshqarish yoki ushbu jarayonlar doirasida kerakli qarorlarni qabul qiluvchi javobgar shaxsga vakolatlar berishi lozim. Faqat bunday boshqarish tizimi O’zbekistonni xalqaro iqtisodiyotga kirish istiqbolini amalga oshirishda samarali bo’lib hisoblanadi.
Tashkilot muvofiqlikni deklaratsiyalash uchun hujjatlarni shakllantirish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarishga majburiy talablarni bajarilishini barqarorligini
Dostları ilə paylaş: |