ta’minlash kafolatini, tashkilotda menejment tizimi mavjudligini tasdiqlovchi, isbotlovchi texnikaviy hujjatlari sifatida keltirishni so’rash huquqiga ega
ta’minlash kafolatini, tashkilotda menejment tizimi mavjudligini tasdiqlovchi, isbotlovchi texnikaviy hujjatlari sifatida keltirishni so’rash huquqiga ega.
Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat ko’rsatkichlari bo’yicha aniq mos kelmasliklarini ko’rish mumkin. Baxo tannarx Q1 Q2 Q3 Q4 Puldagi ifodasi Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi. Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi. Nazorat sarf-harajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustakil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mexnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farklanadi:
jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;
davlat mulkiga asoslangan korxona.
SHuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan ko’shma korxona xam tashkil etiladi. Ko’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fukarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga boglik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichiq bo’lishi mumkin.
Kichiq korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari konun tomonidan belgilab ko’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, x°jalik vazifalarini markazlashgan xolda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalk xo’jaligining sanoat, kishlok xo’jaligi, kurilish, transport, aloka, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoklarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaktning o’zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shugullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yukori iste‘mol sifatlariga ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona kuyidagilarga erishishi lozim:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mexnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;
jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yukori unumdor mexnat uchun imkoniyatlar yaratish, mexnatga karab taksimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish va yaxshilash;
mexnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xakikiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga kizikish uygotish.