Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla


IV BO‘LIM
AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA MODDIY TEXNIKA TA’MINOTI VA RESURSLARNI TEJASh

Avtotransport vositalari doimo ko‘payishi va ulardan ko‘proq foy-dalanilishi natijasida, ekspluatatsiya harajatlari oshib bormoqda. Bu harajatlarning bor-yo‘g‘i 12-15%ni texnik xizmat va ta’mirlash uchun sarflanadi. Shu bilan birga, yuk tashish tannarxi boshqa mahsulotlar (yonilg‘i va moy maxsulotlari, shinalar, haydovchilarning ish haqi va h. k.) uchun ketadigan harajatlarning qiymatiga, TXKvaTni sifatiga hamda muxandis-texnik xizmati(MTX)ning samarali ishlashiga uzviy bog‘liqdir.


Avtotransport sohasida yaqin yillarda bajariladigan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- avtotransport korxonalarini qaytadan tiklash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
- yonilg‘i va boshqa ekspluatatsiya materiallarini tejab sarflash;
- korxonalarda yangicha boshqarish usullarini tadbiq qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlovchi usullarni qo‘llash.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning asosiylaridan biri yonilg‘i va boshqa ekspluatatsiya materiallarini tejab sarflash hisoblanadi. Avtotransport korxonalaridagi moddiy texnika ta’minoti(MTT) xizmati avtotransport vositalarini ekspluatatsiya materiallari (yonilg‘i, moy, rezina), ehtiyot qismlar, agregatlar bilan ta’minlab, ularni beto‘xtov ishlashi uchun zamin yaratadi.
ATK larda MTT ning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  1. Korxonani xarakatdagi tarkib bilan ta’minlash;

2) Korxonalardagi avtomobillarni beto‘xtov ishlashi uchun kerak bo‘lgan barcha materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
3) Ehtiyot qismlar va materiallarni saqlashni tashkil qilish;
4) Omborlardagi ehtiyot qismlar va materiallarning aylanishini ko‘paytirish;
5) Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishda va ta’minlash ishlarini bajarishda ehtiyot qismlarni va materiallarni tejab tergab ishlatishni ta’minlash.
ATK larda MTT ni samaradorligini oshirish resurslarni sarflashning zamonaviy me’yorlaridan foydalanishga uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga ehtiyot qismlar va materiallarni o‘z vaqtida olib kelish, ularni yaxshi saqlash va to‘g‘ri taqsimlash katta ahamiyatga egadir. Ta’minot rejalari kelgusi yildagi yuk va yo‘lovchilarni tashish rejalarini, ekspluatatsiya qilish sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgandagina tejamkorlikni ta’minlay oladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin