Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Avtomobillarning yonilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

4.3. Avtomobillarning yonilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi

asosiy omillar


Yonilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi omillar dvigateldagi va transmissiyadagi mexanik yo‘qotishlar hamda avtomobil harakatida sodir bo‘ladigan qarshiliklarni yengish bilan bog‘liqdir.
Yonilg‘i sarfi harakatlanishdagi qarshiliklarni yengish , g‘ildirash, aerodinamik va inersiya kuchlarini yengishga yo‘naltirilgan. Avtomobilning yonilg‘i muvozanati quyidagi ifoda bo‘yicha tavsiflanadi:
Q  Qdv  Qf  Qtr  Q  Q  Q
Bu yerda:
Q–avtomobilning harakatlanishi uchun umumiy yonilg‘i sarfi;
Qdv–dvigiteldagi issiqlik va mexanik yo‘qotishlarni yengish;
Qf–g‘ildirash qarshiligin yengish;
Qtr–transmissiyadagi mexanik yo‘qotishlarni yengish;
Q–aerodinamik qarshilikni yengish;
Q–avtomobil inersiya kuchini yengish;
Q–ko‘tarilish va pastga tushishlarni yengish uchun yonilg‘i sarfi.
Avtomobillarning yonilg‘i iqtisodiy ko‘rsatgichini oshirish, odatda avtomobilning og‘irligini kamaytirish, dvigatel va transmissiyaning foydali ish koeffitsientini oshirish, g‘ildirash va aerodinamik qarshilikni kamaytirish yo‘li amalga oshiriladi.
4.4. Yonilg‘i sarfini me’yorlash
Avtomobillar yonilg‘i sarfining me’yoriy ko‘rsatkichlari. Belgilangan ishni bajarish uchun yoki ma’lum masofani yurish uchun belgilangan yonilg‘ining sarfi avtomobil transportida yonilg‘ining me’yoriy sarfi deyiladi. Ular transport jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan yonilg‘i sarfi me’yorini o‘z ichiga oladi. Avtomobillarni ta’mirlash va har xil xo‘jalik ishlari uchun ketgan yonilg‘i sarfi bu me’yorlarga kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi benzin, dizel yonilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun alohida me’yorlanadi hamda ular ATK da bu mahsulotlarni me’yorlashda qo‘llaniladi. Me’yorlar yakka va guruhiy turlarga bo‘linadi.
Yonilg‘ining yakka sarf me’yori alohida avtomobil modellari uchun, guruhiysi esa to‘liq avtokorxona uchun rejalashtiriladi.
Yakka me’yor – bu ma’lum bir modeldagi avtomobilning 100 km masofaga mo‘ljallangan yo‘l-ekspluatatsiya, iqlim va yuklanish sharoitlari hisobga olingan yonilg‘ining me’yoriy sarfi hisoblanadi. Bu me’yorlar ATK sharoitida haydovchilar bilan hisoblash ishlarini bajarish va yonilg‘i sarfini hisobga olish uchun ishlatilib, ular o‘z navbatida chiziqli sarf deb nomlanadi.
Guruhiy me’yor – bu ko‘zda tutilgan iqtisodiy ob’ektlar bo‘yicha transport ishlarini bajarish uchun yonilg‘i sarfining me’yori hisoblanadi. Bajariladigan ishlari tonna-kilometr, yo‘lovchi-kilometr va to‘lov-kilometrda rejalashtirilgan avtomobillar uchun quyidagi guruhiy me’yorlarning o‘lchamlari qabul qilingan: g(tkm), g(yo‘lov.km), gto‘l.km.
Yuqorida keltirilgan me’yorlarning barchasi yonilg‘ining chiziqli sarfiga asosan aniqlanadi va ular vazirlik, birlashma, korxonalarning rejaviy ehtiyojini qondirish va yonilg‘idan samarali foydalanish uchun xizmat qiladi.
ATK da yonilg‘i sarfini me’yorlash. ATK da benzin, dizel yonilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazlarning me’yoriy sarfini aniqlash chiziqli sarf bo‘yicha olib boriladi va me’yoriy koeffitsientlar bilan to‘g‘rilanadi. Chiziqli sarfni bir necha omillarni hisobga olgan holda to‘g‘rilash zarur:
- Avtomobillar qish vaqtida ishlashida, janubda - 5%gacha, shimolda -15%gacha, uzoq shimolda - 20%gacha, boshqa joylarda - 10%gacha yonilg‘i sarfi oshadi.
- Avtomobil shahardan tashqarida yaxshi yo‘l qoplamasida ish bajarganda yonilg‘i sarfi 15%gacha kamayadi.
- Yuk avtomobillari, maxsus avtomobillar, yarim tirkama bilan ishlovchi avtomobillar, avtopoezdlarning bajargan ishi tonna-kilometrda hisoblanganda har 100tkmga benzin 2l, dizel yonilg‘isi 1.3l, suyultirilgan gaz 2,5l, siqilgan gaz 2m3 qo‘shimcha belgilanadi. O‘zitukgich avtomobil va avtopoezdlar uchun qo‘shimcha, har bir yuk bilan borib kelishi uchun benzin-0.25l, dizel yonilg‘isi - 0.25l, suyultirilgan gaz 0.3l, siqilgan gaz - 0.25m3 belgilanadi.
Me’yoriy sarf (Qn) benzin, dizel yonilg‘isi, gaz uchun ATK da quyida-gicha aniqlanadi:

Hs - har bir avtomobil uchun chiziqli sarf, l100km
S - avtomobil yurgan yo‘li, km
D - tuzatish koeffitsienti,
V - ish bajarishdagi yonilg‘ining rejaviy sarfi,
W - ish hajmi,
Q - har bir yuk bilan borib kelish uchun qo‘shimcha sarf,
ne - yuk bilan borib kelishlar soni.

Tonna-kilometrda ishni bajaruvchi yuk avtomobillari va yarim tirkamali shataklagichlar uchun me’yoriy yonilg‘i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:


(4.1)
Tonna-kilometrda ishni bajaruvchi tirkamali yuk avtomobillari uchun me’yoriy yonilg‘i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:


(4.2)
bu yerda: Gpr-tirkamaning yuksiz og‘irligi, t
Mahsus va mahsuslashtirilgan avtomobillar uchun me’yoriy yonilg‘i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:


(4.3)
bu yerda: Ns-andozaviy avtomobilning me’yoriy yonig‘i sarfi, l100km
G-jihoz o‘rnatish hisobiga avtomobilning o‘z og‘irligini ko‘payishi yoki kamayishi, t

O‘zito‘kgich avtomobillar uchun me’yoriy yonilg‘i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:


(4.4)
Bu yerda: Ns- o‘zito‘kgich avtomobillarning me’yoriy yonilg‘i sarfi, l100km
Soatbay ishlovchi avtobus, yengil va yuk avtomobillar uchun me’yoriy yonilg‘i sarfi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
(4.5)
Yuqorida ko‘rsatilgan hisob-kitoblar orqali aniqlangan me’yoriy sarf yo‘l varaqasining "Yonilg‘ining me’yoriy sarfi" katakchasiga yozib qo‘yiladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin