Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə1/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA


1-modda. Asosiy tushunchalar
Davlat tasarrufdan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.


2-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi

Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.


O‘zbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofq amalga oshiriladi.
3-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari

Quyidagilar davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:


davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;

davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qo‘shib olib borish;


pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;


davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash;


oshkoralik davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yo‘lga qo‘yish;


raqobat to‘g‘risidagi qonunchiliktalablariga rioya etish.



Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin